Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet10/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

O‘t oldirish harorati deganda, maxsus asbob (tigel)da qizdiril-gan moyning havo bilan hosil qilingan aralashmasini ma’lum alan-ga yordamida o‘t olish harorati tushuniladi.
O‘t olish haroratiga asoslanib, moyning bug‘lanuvchanligini yetarli darajadagi aniqlikda baholash, shuningdek, moy tarkibidagi yengil fraksiyalar miqdorini aniqlash mumkin. Moyning o‘t olish­ harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, bug‘lanuvchanligi shunchalik past, shuning bilan birga, fizikaviy turg‘unligi shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Dvigatelning ish jarayonida ma’lum miqdordagi moy yuqori haroratli zonaga tushadi va, asosan, yonib ketadi. Yonmay qolgan moy yonish kamerasida yonishga ulgurmagan yonilg‘i qoldig‘i bilan birga kimyoviy aralashma hosil qiladi, natijada bu zonadagi detallar yuzida qurum hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan qurum dvigatel­ ning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qurum detallarning soviti­li­­ shini yomonlashtiradi, detonatsiyani va kalil yonishning vujudga kelishini osonlashtiradi va moyni qattiq mexanik qo‘shilmalar bi-lan ifloslantiradi. Hosil bo‘ladigan qurum miqdori ishlatilayotgan moy, shuningdek, yonilg‘ining sifatiga kam bog‘liq bo‘lib, asosan, dvigatelning ish rejimlariga bog‘liqdir. Shuning uchun qurum hosil bo‘lishiga qarshi kurash dvigatelning issiqlik holatini normal ushlab turishni ta’minlashga qaratilgan ekspluatatsion tadbirlarga asoslangan.

O‘rtacha haroratli zonada, yuqori haroratli zonadan farqli o‘la-roq, moy ishqalanishni va detallarning yemirilishini kamaytira-di, shuningdek, porshen va silindr orasidagi tirqishni zichlaydi. Moyning 200–300°C haroratgacha qizigan detallar sirtini yupqa parda bilan qoplashi bu zonaga xosdir. Bunday sharoitda moy tarkibidagi uglevodorodlar va boshqa komponentlarning kimyoviy turg‘unligi yetarli bo‘lmay qoladi. Ular oksidlanadi va bug‘lanuv­ chanligi yomon, qovushoqligi yuqori, moyda erimaydigan mahsu-lot (asfaltenlar va smolalar) hosil qiladi va detallarga yupqa yalti­ roq qatlam (loksimon cho‘kma) ko‘rinishida o‘tiradi.

Loksimon cho‘kma porshen halqalarida va ariqchalarida, por-shen yubkasida, shatun va boshqa detallardagi tirqishlarni to‘ldirib qo‘yadi. Natijada dvigatelning issiqlik rejimi buziladi va buning oqibatida porshen halqalari kuyadi.

Dvigatelning past haroratli zonasida ish rejimining nisbatan yengilligiga qaramay, bu zonada ham moylarning oksidlanishi ku-zatiladi. Moyning oksidlanishi natijasida moyda qisman eriydigan organik kislotalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan organik kislotalar dvigatel detallarini korroziyalashga olib keladi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling