Avtomobil yo‘llarida diagnostika ishlarini olib borish va nuqsonlar qaydnomasini tuzish


Download 24.02 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi24.02 Kb.
#1601036
1   2   3
Bog'liq
Nuqsonlar

Nuqsonlar qaydnomasini tuzish.
Avtomobil yo‘llaridan foydalanish davrida vaqti vaqti bilan yo‘l qoplamasi va yo‘l elementlarida qarov ishlari amalga oshiriladi. Qarov ishlari qishgi, kuzgi va bahorgi qarov ishlari kabi turlarga bo‘linadi. Qarov ishlari davrida yo‘l elementlarida sodir bo‘lgan har hil bo‘zilishlar, cho‘kishlar, yoriqlar va boshqa turdagi nuqsonlar qayd jurnaliga yozib quyiladi.
Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash ishlarini rejalashtirishdan oldin nuqsonlar qaydnomasi tuzib chiqiladi. Nuqsonlar qaydnomasini tuzish ishlarini tashkil qilishda quyidagi ishtirokchilar asosida guruh tashkil qilinadi.

  1. Yo‘l joylashgan xududga qarashli xarakat havfsizligi xodimi

  2. Yo‘lni ta’mirlash korxonasi vakili

  3. Ta’mir turi aniqlangandan so‘ng loyihalovchi tashkilot vakili

  4. Yo‘lni ta’mirlash ishlarini moliyalashtiruvchi tashkilot vakili

  5. Nuqsonlar qaydnomasini tuzuvchi laboratoriya jamoasi

Avtomobil yo‘llarida nuqsonlar qaydnomasini tuzishda yuqorida ko‘rsatib utilgan vakillardan laboratoriya xodimlari nuqsonlarni aniqlab qayd qilib boradi. Qolgan vakillar esa qaydnomaga kiritilib borayotgan nuqsonlarni tasdiqlab boradi.
Nuqsonlar qaydnomasini tuzishda quyidagi talablarni etiborga olish lozim;

  1. Tekshiruv ishlarini bahorda, yo‘l qordan tozalanganda o‘tkazish tavsiya etiladi.

  2. Guruh videokamera yoki videokompyuterda suratga olish yordamida nuqsonlarni avtomatik qayd etish va yo‘l yer to‘shamasining holatini elektron axborot tashuvchilarda qayd etish uchun maxsus asbob-uskunalarga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, guruh quyidagi jihozlar bilan jihozlanishi kerak:

  1. o‘tilgan yo‘l datchigi bilan jihozlangan avtomobil;

  2. "Yo‘l ishlari" va "To‘siqni chapdan aylanib o‘tish" yo‘l belgilari;

  3. laboratoriya uskunalari bilan jixozlangan mashina (mashinada progomomer, kern olish uskunasi, 3 metrlik reka va boshqa laboratoriya uskunalari bo‘lishi kerak);

  4. nuqsonlar qaydnomasi jurnali;

  5. sariq rangli xavfsizlik jiletlari;

Videokompyuter suratga olish uskunalari bo‘lmagandako‘z bilan tekshirib baholash va yer to‘shamasining nuqsonlarini jurnalga kiritishga ruxsat etiladi.
Vizual baholashni boshlashdan avval nuqsonlar qaydnomalari bo‘lgan jurnalni tayyorlash, avtomobil va jihozlarning sozligiga ishonch hosil qilish, avtomobil ustiga "Yo‘l ishlari" va "To‘siqni chapdan aylanib o‘tish" yo‘l belgilarini o‘rnatish, guruhning barcha a’zolariga yo‘l-yo‘riqlarni o‘tkazish vaishlar xavfsizligining barcha talablariga rioya qilishning muhimligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tekshirishni o‘tkazishdan avval zarur malakalarni egallash maqsadida ushbu uslubiyotdan foydalanishga o‘rgatiladi.
Yo‘l qoplamida nuqsonlar bo‘lmasa, kam uchraydigan bo‘lsa (100 m va undan ortiq oraliqlar bilan) yoki yo‘lning katta uzunligi bo‘ylab (100 m dan ortiq) bir xil nuqsonlar uchraydigan bo‘lsa, ko‘z bilan baholashni avtomobilning 30 km/h dan oshmagan tezlikda o‘tishi paytida o‘tkazishga ruxsat etiladi. Qolgan hollarda ko‘z bilan baholash yo‘l bo‘ylab yurib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda bajariladi. Videokompyuter suratga olish uskunalari bo‘lganda suratga olish avtomobilning natijalarga ishlov berishni ta’minlaydigan tezlikda harakatlanishi paytida o‘tkaziladi. Bu holda nuqsonlar jurnalini to‘ldirish tekshirish natijalariga kameral ishlov berishda bajariladi.
O‘lchovlarni (yo‘l izi chuqurligi, darzlarning ochilish darajasi, darzlar orasidagi masofa, darzlar to‘ri uyalarining tomonlari uzunligi) amalga oshirish uchun avtomobil nuqson joyidan oldinga 5-10 m masofaga o‘tadi, muhandis va texnik avtomobildan chiqadi va yo‘l chetidan harakatga aks yo‘nalishda harakatlanadi. Qatnov qismiga chiqqanda "Yo‘l ishlari" va "To‘siqni chapdan aylanib o‘tish" yo‘l belgilari harakatga qarshi qaratilgan holda joylashgan avtomobil bilan himoyalangan holida ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Yo‘l qoplamining holatini vizual baholash paytida yo‘l qoplami 100 dan 1000 m gacha uzunlikdagi bir turdagi uchastkalarga bo‘linadi, ularning chegaralari bir turdagi yoki o‘xshash nuqsonlar bo‘yicha belgilanadi. Masofalar avtomobilning spidometri yoki o‘tilgan yo‘l datchigi bo‘yicha aniqlanadi. Har bir uchastka ichida yo‘l yer to‘shamasining amalda bir xil holati (nuqsonlarning bir xil turlari) bo‘lgan 20-50 m uzunlikdagi xususiy mikrouchastkalar belgilanadi.
Men Ne’matov San’at Hikmat o’g’li ishlab chiqarish amaliyotida to’plagan ma’lumotlarim asosida BMI mavzusi shakillantirildi, unga ko’ra: Sirdaryo viloyatidagi III toifali 4R31 “Yangiyer sh. – Do’stlik q.” avtomobil yo'lining 5-9 km bo'lagini joriy ta'mirlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va tashkil qilish mavzusi berildi va men 4R31 “Yangiyer sh – Do’stlik q.” avtomobil yo'lining 5-9 km bo'lagini nuqsonlar qaytnomasini tuzdim.
Yuqoridagi usullar yordamida aniqlangan nuqsonlardan nuqsonlar qaydnomasini tuzish quyidagicha amalga oshiriladi.

Download 24.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling