Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish va jihozlash
Keltirilgan harakat miqdori, dona/sut
Download 1.54 Mb.
|
UZB RUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil yo‘llaridagi inshootlarni loyihalashda zarur bo‘ladigan me’yoriy hujjatlar
2-rasm. Сурхондарё viloyati II toifali avtomobil yo'lining harakat jadalligii grafigi Avtomobil yo‘llaridagi inshootlarni loyihalashda zarur bo‘ladigan me’yoriy hujjatlar Avtomobil yo‘llaridagi inshootlarni loyihalashda quyidagi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi: SHNQ 2.05.02-07. Ushbu me’yor va qoidalar O‘zbekiston Respublikasidagi yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashda qo‘llaniladi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, tegishli ro‘yxatlarga kiritilib indeksi va tartib raqami ko‘rsatilgan avtomobil yo‘llari kiradi. Ushbu meyoriy hujjat umumiy qoidalar, harakat xavfsizligi va uni tashkil qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, asosiy, texnik meyorlar va transport foydalanish ko‘rsatkichlari, kesishma va tutashmalar, yo‘l poyi, yo‘l to‘shamalari, ko‘priklar, quvurlar va tonnellar, yo‘lni jihozlash va himoyalovchi yo‘l inshootlari, yo‘l va avtotransport xizmatidagi bino va inshootlar, 1-ilova. Majburiy (O‘zbekiston Respublikasi yo‘l - iqlim mintaqasi), 2-ilova. Majburiy (Joy turlari va tuproqlarning tasnifi)dan iborat. SHNQ 3.06.03-08 (QMQ 3.06.03-96 o‘rniga). Ushbu qoidalar umumiy foydalanishdagi va xo‘jalik avtomobil yo‘llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda qo‘llaniladi, bundan korxonalarning vaqtinchalik yo‘llari va sinov yo‘llari mustasno. Avtomobil yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilishda ushbu qoidalardan tashqari SHNQ 2.05.02 ning 3 qismi, QMQ 2.05.11 ning 7 qismi, shuningdek xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi meyoriy hujjatlarining talablarini bajarish zarur. Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishda atrof-muhit muhofazasi chora-tadbirlarini ko‘rish lozim. Ishlab chiqarishda texnologik yechimlarni qabul qilishda atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni, tabiat muvozanatini buzmaslikni, ekologik, geologik, gidrologik va boshqa tabiiy sharoitlarning o‘zgarish xavfi tug‘ilmasligini hisobga olgan holda hal qilish lozim. Yo‘l qurilishiga ajratilgan mintaqadan tashqarida o‘t-o‘lanlar o‘sish qatlamiga zarar yetkazuvchi drenaj quritish va tekislash ishlari olib borish man etiladi. MSHN 33-2008 “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”. Ushbu me’yoriy hujjatda avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish (dam olishni tashkil etish, haydovchi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish majmualari, avtomobil yo‘laridagi xizmat ko‘rsatish majmualarini joylashtirilishi va tasniflari, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l bo‘yidagi inshootlar, yo‘l xizmati majmualarini klassifikatsiyasi va joylashishi); avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish (avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish vazifalari, avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari, qum uyumlariga qarshi kurashish, ko‘chatxonalarni tashkil etish, ko‘chatlarni parvarishlash, o‘simliklarni kasallik va zararkunadalariga qarshi kurash, o‘simliklarni ro‘yxatga olish va qo‘riqlash, nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirish); yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishni loyiha - smeta hujjatlariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. MKN 23-2008 “Avtomobil yo‘llarining yo‘l belgi chiziqlari bo‘yicha ko‘rsatma”. Ushbu meyoriy hujjat yo‘l belgi chiziqlarining tafsifi va turlari; gorizontal yo‘l belgi chiziqlari qo‘llanishining shartlari, vertikal yo‘l belgi chiziqlari qo‘llanishining shartlari; avtomobil yo‘llari yo‘l belgi chiziqlarini loyihalashtirishning umumiy qoidalari; avtomobil yo‘llarini gorizontal yo‘l belgi chiziqlari bo‘yicha tavsiyalar; yo‘llarning vertikal yo‘l belgi chiziqlari bo‘yicha tavsiyalar; yo‘l belgi chiziqlari va elementlarini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar; yo‘l belgi chiziqlarining kecha-kunduz qorong‘i paytlaridagi ko‘rinishini ta’minlash; texnik talablar va ilovalardan iborat. Yuqoridagilardan foydalangan holda avtomobil yo‘llaridagi inshootlarni loyihalashda, obodonlashtirishda va jihozlashda me’yoriy hujjatlardan foydalanish mumkin. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling