Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni


Download 241.21 Kb.
bet12/14
Sana08.04.2023
Hajmi241.21 Kb.
#1341231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV

Tugma va klavishlar. “Yoqilgan-o‘chirilgan” turidagi tezkor operatsiyalami o‘tkazishda qo‘llaniladi, boshqaruvda katta jismoniy kuchni talab qilmaydi, boshqaruv harakatlarini katta tezlikda amalga oshirishga imkon beradi.
Tugmaning yuritma eiementi bosilganda fiksatsiya o‘qi bo‘ylab, klavishniki bosilganda o‘qdan ko‘ndalangiga joylashadi, Tugma va klavishlarning yuritma elementlari avtomatik qaytma harakatga ega bo‘lishi kerak. Tugma to‘g‘ri burchakli yoki dumaloq, klavish esa, odatda doim to‘g‘ri burchakli bo‘ladi.
Ikkinchi va beshinchi barmoqqa moijallangan bosish tugmasi 3-5 mm dan kam bo‘lmasligi, bosh barmoqda ishlash uchun esa 30 mm bo‘lishi kerak.
Diametri va bosish usuliga ko‘ra tugmaning ish sathi egik yoki qavariq bo‘lishi mumkin. Tugma qoplamasi tekis bo’lishi va ishqalanishi yuqori koeffitsiyentli materialdan tayyorlanishi yoki barmoqlar terisi shikastlanmasligi uchun o‘yiq bo‘lishi kerak. Tez harakatlanuvchi ajratgich (almashlab ushlagich) laning bu turi tez-tez qo‘llanganda to‘rtburchak shaklidagi, aylanma burchakli va yuqorisi qirrali klavishlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tugmaning rangi panel rangidan farq qilishi lozim:
qora panellarga yorqin rangdagi tugmalar, yorqinlariga esa qora yoki to‘q ranglardagi tugmalar o‘matiladi.
Richagli almashlab ulagichlar (tumblerlar). Ish rejimini tez ishga tushurish, to‘xtatish va o‘zgartirish uchun qo‘llanadi, boshqaruvda katta jismoniy harakatni talab qilmaydi, ish joyida yaxshi ko‘rinadi, operatsiyalami katta tezlikda amalga oshirishga imkon beradi.
Tumbler yuritma eiementi (richag qismi)ning shakli konussimon, ko‘p qirrali yoki uchi shar yoki belkurak shaklida kengaytirilgan silindrsimon bo‘lishi mumkin.
Tumbler yuritma elementida o‘tish radiusi 0,2 mm dan kam bo’lmagan yassi chegaralar - yengil turdagi tumblerlar uchun va 5 mm dan kam bo’lmagan chegaralar — ogir turdagi tumblerlar uchun ruxsat etiladi.
Tumbleming yuritma elementi 10-15 mm dan kam bo’lmagan uzunlik va kengaytirilgan qismida 3-5 mm qalinlikda boiadi.
Richagning pozitsiyalar o‘rtasiga joylashtirish ikki pozitsiyali tumbler uchun 40-60° sektorda, uch pozitsiyali tumbler uchun 30- 50° sektorda bajariladi.
Tumbler holatini xarakterlovchi uning vaziyati vizual, taktil va eshitilganda oson tanilishi kerak. Yuritma elementining “yuqoriga” pozitsiyasi “yoqilgan”, “pastga”, “o‘chirilgan” holatiga mos bo’lishi kerak. Yengil turdagi tumblerlar 7 N gacha, ogirlari 7-25 N kuchga moijallanadi.

Download 241.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling