Boshqaruv organlarini guruhlash.
Boshqaruv organlari turidan qat’i nazar joy tuzilishining belgilanishiga ko‘ra mantiqan guruhlanishi kerak.
Ularning guruhlanishi:
funksional vazifasiga (asbob-uskuna, tizim, agregat, funksional tugunning bir majmuiga mansubligi);
foydalanish ketma-ketligi (tizimning ishlab turishi yoki uni foydalanishga tayyorlash davrida);
tizimning ishlash rejimi xarakteri;
tizimning ishlashi uchun boshqaruv organining ahamiyati e’tiborga olingan holda amalga oshiriladi.
2.6-jadval
Boshqaruv ta’sirining yo‘nalishi
Boshqaruv obyektining harakati yoki holati
|
Richaglar,
tumblerlar
|
Yaxlit g‘ildirak (maxovik) lar, burilma rostlagichlar, shturvallar
|
Yuqoriga
Oldinga
O‘ngga
Yoqilgan
Ochilgan
Ko‘tarish
|
Yuqoriga,
oldinga
(o‘zidan),
o‘ngga
|
Soat mili bo‘yicha
|
Pastga
Orqaga
Chapga
0‘chirilgan
Yopilgan
Tushurish
|
Pastga,
orqaga
(o‘ziga),
chapga
|
Soat miliga qarama-qarshi
|
Nonnal ishlaganda va avariyaviy vaziyatlarda qo‘llanadigan boshqaruv organlarini yonma-yon joylashtirib bo‘lmaydi.
Agar boshqaruv obyekti ikkita tugma yordamida yoqilsa yoki o‘chirilsa, unda ishga tushirish tugmasini o‘chirish tugmasidan yuqoriroqda yoki undan o‘ngda joylashtirish lozim.
Bir xil boshqaruv organlari pultda ularga tegishli obyektlarning simmetriya o‘qlariga nisbatan muvofiq joylashishi kerak. Masalan, operatordan o‘ngda joylashgan boshqaruv obyektlari uchun ularga mos bo‘lgan boshqaruv organlari pultda simmetriya o‘qidan o‘ngda joylashishi shart.
Yuritma elementlari orasidagi masofani aniqlashda boshqaruv organlarini bir vaqtda yoki ketma-ket qo’l lash, yuritma elementini ushlash usuli, uning o’lchamlari, ularning joylashish yo‘nalishi, ko‘r-ko‘rona ishlash zaruriyati, tasodifiy yoqish imkoniyati, maxsus kiyim va maxsus poyabzalning mavjudligi, tebranishning mavjudligi, ish joyining surilish (harakatlanish) darajasi e’tiborga olinadi.
2.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |