Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni


Burilma almashlab ulagich va rostlagichlar


Download 241.21 Kb.
bet13/14
Sana08.04.2023
Hajmi241.21 Kb.
#1341231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV

Burilma almashlab ulagich va rostlagichlar. Ulash — uzish operatsiyalari, bir tekis uzluksiz yoki bosqichli rostlash uchun ishlatiladi. Ular katta kuch talab qilmaydi, ulami kodlashtirish oson amalga oshiriladi. Ularning konstruksiyasi har bir diskret pozitsiya o‘matilgan!igi haqida eshitiluvchi tovush yoki his qilinuvchi sakrashsimon o‘zgarish vositasida signalizatsiyani ta’minlashi kerak.
Bosqichli harakatlanuvchi burilma almashlab ulagichlar yuritma elementlari (selektor almashlab ulagichlar) ko‘rsatgich (strelka, nuqta, belgi va boshqalar) hamda holatni prujinali qayd qiluvchi ishonchli qurilmaga ega bo’lishi kerak, ular almashlab ulagich pozitsiyasini tez va bir ma’noda aniqlash imkoniyatini ta’minlashi lozim. Rostlagichlarga hech qanday yozuv yozilmasligi lozim.
Boshqaruv richaglari Bir yoki ikki Qo’lda katta va o‘rtacha boshqaruv harakatlarida bosqichli almashlab ulagich va tekis dinamik rostlash uchun moijallangan.
Richaglar dastasining shakli va o’lchami ularni ushlashda qulaylik va boshqarish jarayonida ishonchli tutib turishni ta’min­lashi lozim. Oval yoki silindrsimon shakldagi (konussimonlari ham bo‘ladi), tekis yoki taram-taram sirtli, o‘tkir uchli va qirrali bo’lmagan dastalar afzalroq.
Diskret almashlab ulagichlar uchun qo‘llaniladigan richaglar oraliq va cheklovchi holatdagi ishonchli prujinali qaydlagichlar bilan jihozlanishi lozim. Aniq va uzluksiz rostlashda foydalanishda barmoqlarning boshqaruvchi harakatlarida tirsakka tayanch berilishi kerak. Richag dastalarini shakl, o‘lcham va rang bilan kodlash mumkin. Richag yordamida aniq yoki tezkor almashlab ulagichlar uchun optimal kuch 30 N ga teng bo‘lishi lozim.
Boshqaruv richaglarini xavfsizlik Qo’ldalariga rioya qilgan holda qo‘lning yetishish minimal va maksimal zonalari chegarasida o‘rnatish kerak. Past temperaturada foydalaniladigan richag dastlarini past issiqlik o‘tkazuvchi materiallardan tayyorlash lozim. Richag pozitsiyalarining maksimal ruxsat etilgan soni 8 ga teng. Ikki qo‘llab siljitiladigan richaglarni tomonlarga og‘ishi 100 mm dan katta bo‘lmagan o‘rtacha sagittal sirtga joylashtirish kerak. Bir qo‘lda siljitiladigan richaglar harakatlanuvchi qo’l tomonida tirsak balandligida, uni tirsakda bukkanda 90-135° burchak ostida, harakatni o‘ziga yo‘naltirilgandan o‘zidan nariroqda joylashishi kerak. Richagni gorizontal sirtdan ko‘ra vertikal sirtda joylashtirish qulayroq. Richagning qulochi 200 mm dan katta bo‘lmasligi kerak (har qaysi tomonga). Richagning siljish yo‘nalishi boshqariluvchi obyektdagi o‘zgarishlar yo‘nalishi va indikatoming mos ko‘rsatkichi bilan mos kelishi kerak. Richaglar yaxshi ko‘rinadigan yozuvlar va holat ko‘rsatgichlari, siljitish yo‘nalishiga ega bo‘ilshi lozim. Richagni aylantirish sirtini tanlashda vertikal sirt afzalroqdir.

Download 241.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling