Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari
Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha dizelli dvigatellar
Download 479.78 Kb. Pdf ko'rish
|
10-11 мавзу
Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha dizelli dvigatellar
uchun mo‘ljallangan moylar: - CF, CF-4, CF-2 sinfidagi moylar yuk tashiydigan yuk avtomobillarining 4 taktli va 2 taktli dizellari uchun mo‘ljallangan moylar bo‘lib, CE sinfi moylariga nisbatan yuvuvchi xossalari yuqori hisoblanadi. - CG-2 sinfidagi moylar 1996-yildan chiqa boshlagan bo‘lib, yeyilishdan va kuyishdan effektiv himoyalanishni talab qiluvchi og‘ir sharoitda ishlaydigan ikki taktli dizellar ekspluatatsiyasida qo‘llaniladi. Bu ekspluatatsiya sharoiti uchun bu moy CD moyiga nisbatan yaxshi tasnifga ega. - CG-4 - sinfidagi moylar kategoriyasidagi moylar yuk avtomobillarining 4 taktli tez harakatlanadigan dizellari uchun mo‘ljallangan moylar bo‘lib, CF-4 sinfi moylariga nisbatan yaxshi yuvuvchi xossalarga ega. Shuninigdek, ular yeyilishga qarshi, antikorrozion xossalarga ega bo‘lib, kam oltingugurtli (oltingugurt miqdori 0,05% dan kam) dizel yonilg‘ilari bilan birga yaxshi 148 ishlaydi. Тrassalarda ishlaydigan o‘ta yuklangan va yuk avtomo- billarida ishlatiladi. Ilgari ishlab chiqarilgan dizellarda CF-4 moyini almashtiradi; - PC sinfidagi moylar yeyilishiga va kuyishiga qarshi xususiyati bo‘yicha talablarni qoniqarli ravishda qondirish uchun yo‘naltirilgan. Dvigatel konstruksiyasi va yonilg‘i spetsifikatsiya- sidagi o‘zgarishlar ГОСТ talablariga bog‘liq asoslangan. Bu moylar asosan trassalarda ishlaydigan yuklangan holatdagi yuk avtomobillariga mos keladi. - CH-4 sinfidagi moylar 4 taktli avtomobil dizellarida uzoq muddatda almashtirilmasdan ishlatish uchun mo‘ljallangan. Oldin chiqarilgan dvigatellar uchun ishlatilgan CG-4 moylarini almash- tiradi. - CI-4 sinfidagi moylar hozirgi kunda ishlatiladigan barcha di- zelli dvigatellar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eski kategoriyadagi barcha moylarning to‘liq o‘rnini bosadi. Universal moylar quyida- gi ko‘rinishda belgilanadi: SF /CG, SG/CH, SH/CG, SJ/CH va h. 5.6 -jadval Download 479.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling