Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari
Download 479.78 Kb. Pdf ko'rish
|
10-11 мавзу
Markalanishi. Motor moylarining har bir rusumini shartli
belgilari harflar va raqamlardan iborat. Ular qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq, moyning vazifasini va guruhini, uning kinematik qovushqoqlikligini ko‘rsatadi. Masalan, M-10Г 2 yoki M-10Г 1 – moylari quyidagicha o‘qiladi: «10» - moyning 100°C dagi qovushqoqligi 10sSt ga tengligini bildiradi. Ekspluatatsion xossasiga ko‘ra, yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellariga Г (2) , benzinli dvigatellar uchun Г (1) guruhdagi moylar ishlatilishini bildiradi. Bundan tashqari, klassifikatsiyasiga ko‘ra quyultirilgan qishki va qovushqoqlik xossalari yaxshilangan universal moylar ham chiqariladi. Masalan, M-4 z 8В, bunda – «4» raqami - qovushqoqlik klassini bildiradi (-18°C da u 2600 sSt.dan yuqori bo‘lmasligi kerak), «z» harfi - moy tarkibida quyultiruvchi qo‘shilmalar borligini bildiradi. Benzinli dvigatellarda yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellarning ishonchli ishlashi uchun Г 1 guruhdagi moylar (qishki M-8Г 1 va yozgi M-12Г 1 ) barcha mavsumbop quyultirilgan M-6 z 10Г 1 moylari ishlatiladi. Har bir guruh chegarasida 100°C da moy yettita kinematik qovushqoqlik sinfiga ega bo‘lishi mumkin: 4, 6, 8, 10, 12 ,14 va 16 mm 2 s. Zamonaviy kuchaytirilgan traktorlar, og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillar dizellarida moy juda qiyin sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun bu dvigatellarda ishlatiladigan moylar neftni bevosita haydash yo‘li bilan olingan yuqori sifatli va yaxshilab tozalangan mahsulotlarga qo‘shilmalar qo‘shib tayyorlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling