Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу

5.1. Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar 
Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida foydalani-
ladigan moylar motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy 
vazifasi ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi 
hosil qilish hisobiga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirish, 
shuningdek, qizigan detallarni sovitish, detal yuzalarini qirindilar-
dan yuvish va ularni korroziyadan saqlashdan iborat. 
Ishqalanish rejimlari moy pardasining mustahkamligiga qarab 
3 xil bo‘ladi: 
- suyuqlikli ishqalanish rejimi – bunda detallar yeyilmaydi; 
- chegaraviy rejim – bunda ishqalanuvchi qismlar orasida moy 
pardasi bo‘lmaydi. Moy faqat qismlarning yuzasidagi mikrono-te-
kisliklar orasini to‘ldirgan holatda mavjud bo‘ladi. Bu ishqalanuv-
chi rejim beqaror bo‘lib, detallarning yemirilishiga olib keladi; 
- quruq ishqalanish rejimi bunda qismlar orasida umuman 
moy bo‘lmaydi, detallar yemiriladi.
Motor moylari neft qoldig‘i bo‘lgan mazutni vakuum ostida 
qayta ishlab olinadi. Distillat moy tarkibida 50–75 % parafin 
uglevodorodlar qolgani aromatik va naften uglevodorodlar tashkil 
etadi. 
5.1.1. Motor moylariga qo‘yiladigan
ekspluatatsion talablar 
Har qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs 
davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash 
bo‘lgani sababli, motor moylari quyidagi ekspluatatsion talablarga 
javob berishi kerak. 
1. Dvigatel detallarining yeyilishini, ishqalanishni yengishga 
kam quvvat sarflanishini, shuningdek, detallarning tozaligini 
ta’minlashi kerak. 


118 
2. Ishqalanuvchi sirtlarining korroziyalanishdan saqlashi. 
3. Ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o‘ti-
shi, sovuq vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini 
ta’minlashi kerak. 
4. Kuyishga bo‘ladigan sarf minimal darajada bo‘lishini ta’-
minlaydigan optimal tarkibga ega bo‘lishi kerak. 
5. Тashish va uzoq vaqt saqlash davomida ekspluatatsion xos-
salarini saqlab qolishi kerak. 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling