Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari
Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi
Download 479.78 Kb. Pdf ko'rish
|
10-11 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motor moylari qovushqoqligining haroratga bog‘liqligi
5.1.3. Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi fizik - kimyoviy xossalari Motor moylari, dvigatellarning belgilangan quvvat va tejamkorligini, sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmasdan, ishonchli va 122 uzoq vaqt ishlashini ta’minlashi uchun, ular standartlar va texnik shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim. Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay olish xususiyatini xarakterlovchi muhim xossalaridan biri kinematik qovushqoqlikdir. Ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi qancha mustahkam bo‘lsa, silindrlardagi porshen halqalarining zichligi shuncha yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo‘lishi kerak. Тurli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog‘liq bo‘ladi. Moy qatlamining mustahkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning o‘zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgalanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo‘lsa, moy pardasining ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko‘proq sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quvvat esa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega bo‘lishi kerak. Moylar tarkibidagi parafin uglevodorodlar kam qovushqoqlik xossasiga aromatik uglevodorodlar esa yuqori qovushqoqlik xossasiga ega. Motor moylari uchun faqat 100°C dagi qovushqoqlik qiymati berilmasdan 0°C dagi qovushqoqlik qiymati va qovushqoqlik indeksi ham keltiriladi. Qovushqoqlik indeksi o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan moyning qovush- qoqligini haroratga bog‘liq holda o‘zgarish darajasini ko‘rsatadi. Qovushqoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va 123 nomogrammalardan foydalanib, quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: Q.I = 50 / 100 bunda 50 – moyning 50°C haroratdagi qovushqoqligi; 100 – moyning 100°C haroratdagi qovushqoqligi. Harorat o‘zgarishi bilan moyning qovushqoqligi qancha o‘zgarsa, moyning qovushqoqlik xossasi shuncha yomon va qovushqoqlik indeksi past bo‘ladi. Qovushqoqlik indeksi yuqori bo‘lgan moylar yuqori haroratda ishlayotgan detallarni ishonchli moylaydi, past haroratda esa dvigatelni yurgizib yuborishini osonlashtiradi. 5.4-rasm. Motor moylari qovushqoqligining haroratga bog‘liqligi: 1–qovushqoqlik indeksi-90; 2–qovushqoqlik indeksi-140. 5.4-rasmda ko‘rsatilganidek, harorat pasayishi natijasida qovushqoqlik ortib, moy quyuqlashib boradi va uning harakat- lanuvchanligi kamayadi. Motor moylari uchun 100°C dagi qovushqoqligi yettita kinematik qovushqoqlik sinfiga ega bo‘lishi mumkin: 4, 6, 8, 10,12 , 14 va 16 mm 2 s. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling