Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari
Moylarning yeyilishga va korrozion yeyilishga qarshi xossalari
Download 479.78 Kb. Pdf ko'rish
|
10-11 мавзу
Moylarning yeyilishga va korrozion yeyilishga qarshi xossalari.
Ishqalanuvchi sirtlarni yeyilishdan saqlash har qanday moylash materiallarning asosiy vazifalardan biridir. Moylarning bu xossalari uning bir nechta sifat ko‘rsatgichlari: moy pardasi mustahkamligi, qovushqoqligi, qovushqoqlik indeksi, abraziv mexanik aralashmalarning yo‘qligi bilan baholanadi. Yeyilishni kamaytiruvchi qo‘shilmalar sifatida: fosfor, oltingugurt, xlorli organik birikmalardan foydalaniladi. Ular 150°C haroratgacha ishqalanish sirtida elektr kuchlari hisobiga mustahkam parda hosil qiladi. Bu parda qism sirtini yeyilish, tirnalish, qirilish va yemirilishdan saqlaydi. Avtomobil dvigatellarining korroziya ta’siridan yeyilishga sabab bo‘luvchi moyning potensial xossasi korrozionlik bilan tasniflanadi. KaMAZ va VAZ avtomobillarida ishlatiladigan motor moylarining yuqori sifatli rusmlarida korrozionlik yo‘q, boshqa markadagi moylarda 20 gm 2 dan oshmasligi lozim. Korrozion yeyilish tezligiga kislotalar va suv katta ta’sir ko‘rsatadi. 5.1.4. Motor moylarining sifatini bildiruvchi xossalarini aniqlash va tahlil qilish 1. Moylarning tashqi ko‘rinishiga qarab baholash Rangi, tiniqligi va ularning tarkibida suv, mexanik aralash- malarning bor yo‘qligi. Moylarning rangini va tiniqligini shisha probirkada tekshiramiz. Masalan, karburatorli dvigatel uchun moy 127 10–15 mm probirkada yorug‘ yerda to‘q jigarrangda bo‘ladi. Lekin sun’iy moylar yorug‘likda ko‘kimtir rangga o‘tadi. Moylarning xira ko‘rinishi tarkibida suv va mexanik aralashma borligidan dalolat beradi. Prisadkalar qo‘shilmagan moy tarkibida mexanik aralashmalar bo‘lmasligi kerak, qo‘shilmali moylar tarkibida esa, massasi bo‘yicha 0,15% dan oshmasligi lozim, chunki mexanik aralashmalar ishqalanib ishlovchi qismlar sirtiga abraziv ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Motor moyi tarkibida suv bo‘lmasligi zarur. Тarkibida juda oz miqdorda suv bo‘lganda ham mayda-mayda ko‘pik va emulsiya paydo bo‘ladi va bu qismlar sirtida moy pardasining mustahkamligini yomonlashtiradi. Moylarning hidiga qarab ajratish qiyin. Ular unchalik sezilarli hidga ega emas, faqat ayrimlari erituvchilar yordamida tozalan- ganda, ularning o‘ziga xos hidi moylarda qoladi. Download 479.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling