Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Moylarning qovushqoqligini aniqlash


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу

 
2. Moylarning qovushqoqligini aniqlash 
Moylarning qovushqoqligi asosiy xossalardan biri bo‘lib, bu 
ko‘rsatkich detallarning suyuqlik orqali ishqalanishini tashkil 
qilishda katta ahamiyatga ega. Motor moyining suyuq 
ishqalanishni ishonchli ta’minlay olish xususiyatini xarakterlovchi 
muhim sifat ko‘rsatkichi uning kinematik qovushqoqligidir. Bu 
ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, ishqalanuvchan sirtlardagi moy 
pardasi ham shuncha mustahkam bo‘ladi.
Moyning qovushqoqligi harorat pasayishi bilan keskin ortadi, 
shuning uchun uning qiymati qizigan dvigatel uzoq muddat 
ishlaganda ham past haroratda sovuq holatdagi dvigatelni ishga 
tushirganda ham suyuq ishqalanishni ta’minlaydigan darajada 
bo‘lishi kerak.
Avtomobil dvigatellarning moylash sistemalarida qo‘lla-
niladigan motor moylarining kinematik qovushqoqligi 100°C da 
6–14 mm
2
/s ga teng. Kinematik qovushqoqligi 6–8 mm
2
/s bo‘lgan 
moy qishda, qovushqoqligi 10–14 mm
2
/s bo‘lganlari yozda ishlatiladi.


128 
Ishni bajarish tartibi 1.Viskozimetr asbobining pastki ken-
gaygan qismiga moy to‘ldirilib kerakli haroratni egallashi uchun 
termostatga tushiriladi (5.5- rasm) va 15 minut ushlab turiladi. 
Bunda uchta harorat (20, 40, 100
o
C) uchun tajriba o‘tkaziladi. 
2. Moy asbobning pastki qismidan vakuum yordamida birin-
chi sharsimon bo‘shliqqa tortiladi. Asbobdagi (a) belgidan (b) 
belgigacha (3.2-rasmga qarang) yonilg‘ining oqib tushish vaqtini 
sekundomerda o‘lchanadi. Aniqroq natija olish uchun o‘lchash 
uch marta takrorlanadi va o‘rtacha vaqti olinadi. 
Kinematik qovushqoqlik quyidagi formula orqali aniqlanadi: 

=  · c

 
( 3 )
 
bunda:  – o‘rtacha oqish vaqti; c
t
– asbob doimiysi bo‘lib, uning 
qiymati asbob pasportida ko‘rsatiladi. 
 
5.5- rasm. Moylarning qovushqoqligini aniqlash asbobi. 
 
Odatda, qovushqoqlikning haroratga bog‘liqligini aniqlash 
maqsadida uni uchta haroratda yuqoridagi formula yordamida 
20°C, 40°C va 100°C harorat uchun aniqlanadi va olingan 
natijalar jadvalga kiritiladi.


129 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling