Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Moylarning alangalanish haroratini ochiq


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу

3.1. Moylarning alangalanish haroratini ochiq
tigelda aniqlash usuli 
 
Ishni bajarish tartibi 
1. Ichki tigel benzin bilan yuvilib gazli yondirgichda isitilib 
sovitiladi va qizdirilgan qum bilan to‘ldirilgan tashqi tigelga 
qo‘yiladi. Bunda qum ichki tigel qirrasidan 12 mm balandlikda 
bo‘lsin. Ichki tigel tagi bilan tashqi tigel orasida 5–8 mm 
qalinlikda qum bo‘lishi kerak (5.6-rasm ). 
2. Sinalayotgan moy ichki tigelga shunday quyiladiki, bunda 
moy sathi ichki tigel qirrasidan 12 mm pastda bo‘lishi kerak. 
Quyishda ichki tigel devorlariga sachratish va kerakli sathdan 
ko‘proq quyish ruxsat etilmaydi. 
3. Tigel shtativ halqasiga o‘rnatiladi va ichki tigelga 
termometr qo‘yiladi. Termometr tigel markasida vertikal holatda 
shtativga mahkamlanib qo‘yiladi. Uning simobli uchi tigel tagidan 
va moy sathidan ham deyarli bir xil joyda turishi kerak. 
4. Sinalayotgan moy solingandan so‘ng uni gaz yondirgichi 
bilan shunday qizdirilishi kerakki, bunda oldin moy harorati 
1 minutda 10°C ko‘tarilsin. Alangalanish harorati 40°C ga 
yetgandan so‘ng, har bir minutda 4°C ko‘tarilib borilsin.
5. Kutilayotgan alangalanish haroratiga 10°C qolganda tigel 
qirrasidan moy sathidan 10–14 mm balandlikka yondirish 
qurilmasi bilan alanga olib o‘tiladi. Alanga balandligi 4 mm 
bo‘lishi kerak va alangali tigelni bir tarafi bilan ikkinchi tarafiga 
2–3 sekund oralig‘ida harakatlantirish kerak. 
6. Bunday sinov har 2°C ko‘tarilganda bajarilishi kerak. 
Yuzasi ustida darhol yo‘q bo‘ladigan alanga paydo bo‘lgan 
harorat termometrdan yozib olinadi va moyning alangalanish 
harorati deb qabul qilinadi. 
7. Sinalgan moyning alangalanish harorati standartga mosligi 
tekshiriladi. 


131 
5.6- rasm. Moylarning alangalanish haroratini ochiq

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling