133
Motor moyi tarkibida suv bo‘lmasligi zarur. Тarkibida juda oz
miqdorda suv bo‘lganda ham mayda-mayda ko‘pik va emulsiya
paydo bo‘ladi va bu qismlar sirtida moy pardasining mustahkam-
ligini yomonlashtiradi.
Ishlayotgan moy tarkibida suvning mavjudligini aniqlashning
bir necha usullari mavjud.
4.1. Filtr qog‘ozini yonish xarakteriga qarab moyning
suvlanganligiga baho berish
Ishni bajarish tartibi. Ishlatilgan
moy namunasi yaxshilab
aralashtiriladi. Ishlatilgan moyga filtr qog‘oz botirib olib, yoqiladi.
Yonish alangasiga baho beriladi.
Keltirilgan jadvaldan moyning suvlanganlik darajasi aniq-
lanadi.
Alanganing yonish
xarakteri
Moyning
suvlanganligi, %
Qabul qilingan
yechim
Kuchsiz chirsillash
0.5
Ishga yaroqli
Yorilishlar,
alohida
chirsillash
1.0
Ishga yaroqli
Yorilish, qattiq
chirsillash
1.5
Ishga yaroqsiz,
suvsizlantirish talab
etiladi
4.2. Qizdirilgan temir sterjen xarakteriga qarab moyning
suvlanganligiga baho berish
Ishlatilgan moy yaxshilab arlashtiriladi. Temir plastinka
(sterjen) 150
0
C gacha qizdiriladi. Qizdirilgan plastinkani (sterjeni)
2-3 mm ishlatilgan moyga tushiriladi.
Keltirilgan jadvaldan moyning
ishga yaroqligiga baho
beriladi.