Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Хorijiy motor moylarining klassifikatsiyasi


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу

 
5.1.6. Хorijiy motor moylarining klassifikatsiyasi 
Mamlakatimizda zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarilishi 
va xorijiy rusumdagi avtomobillarning ko‘payishi munosabati 
bilan xorijiy moylar ham ko‘plab ishlatilmoqda. 
Хorijiy motor moylari «SAE» - qovushqoqlik va «API»-
ekspluatatsion tasniflari bilan klassifikatsiyalanadi. Moylarning 
qovushqoqlik klassifikatsiyasi SAE J 300 «Motor moylarining 
qovushqoqlik sinflari» standarti asosidadir. Shu standart bo‘yicha 
100°C dagi va past haroratdagi moy qovushqoqligiga mos holda 
belgilanish kiritilgan. SAE moylari qovushqoqlik va eksplua-
tatsion xossalari bilan baholanadi. Bu moylar dvigatelning ishlash 
mavsumiga qarab bir nechta qovushqoqlik sinflariga bo‘linadi.
Yevropa, AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda 
SAE (avto-
mobil muhandislari jamiyati) klassifikatsiyasidagi yozgi, qishki va 
hamma mavsumda ishlaydigan moylar mavjuddir.
Qovushqoqlik harorati bo‘yicha
SAE klassifikatsiyasidagi 10 
tur moyi mavjud. Qishki moy 
W harfi bilan ifodalanadi. 
Qishki moyning sinfini ko‘rsatadigan son qanchalik kichik 
bo‘lsa, shuncha past haroratlarda ishlatish mumkinligini bildiradi. 
Ya’ni, moy o‘zining ishlash qobiliyatini past haroratda saqlay oladi. 


143 
Qishki moylar quyidagicha belgilanadi: SAE OW, SAE 5W, 
SAE 10W, SAE 15W, SAE 20W. 
Yozgi moyning sinfini ko‘rsatadigan son qanchalik katta 
bo‘lsa, moy yuqori haroratda o‘zining qovushqoqligini shunchalik 
yaxshi saqlaydi va ishqalanib ishlaydigan qismlar orasida 
mustahkam moy pardasini ta’minlaydi.
Yozgi moylar quyidagicha belgilanadi:SAE 20, SAE 30, SAE 
40, SAE 50. 
Hamma mavsumli moy sinfini qovushqoqligi tire orqali 
belgilanadi. Hamma mavsumda ishlatiladigan moylar quyidagicha 
belgilanadi: SAE 10W-40, SAE 15W-50, SAE 20W-50, SAE 15W-
40. Masalan, 10W-40. Bunda sonlar orasidagi farq qanchalik katta 
bo‘lsa, moy shunchalik katta harorat diapazonida ishlay oladi.
SAE klassifikatsiyasi:
 0W, 5W 10W, 15W va 20W sinfidagi moylar uchun 100°C 
va –18°C haroratlardagi; 
 20, 30, 40 va 50 sinifidagi moylar uchun esa faqat 100°C 
haroratdagi qovushqoqlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi. 
Shuni eslatish kerakki, SAE sinfi faqat moyning qovushqoq-
ligini tasniflaydi, uning vazifasi to‘g‘risida ma’lumot bermaydi. 
 
5.5- jadval 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling