Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha benzinli dvigatellar


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
10-11 мавзу

Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha benzinli dvigatellar 
uchun mo‘ljallangan moylar: 
- SJ sinfidagi moylar hozirgi kunda ishlatiladigan barcha ben-
zinli dvigatellar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eski kategoriyadagi 
barcha moylarning to‘liq o‘rnini bosadi. Bu kategoriyali moylar 
zanglash, yeyilish, oksidlanishga qarshi xossalari yuqori. 
- SL sinfidagi moylar zamonaviy benzin dvigatellari mikro-
avtobuslar va yengil yuk avtomobillari uchun ishlab chiqaruvchi 
zavod orqali ekspluatatsiyaga chiqarilgan. Bu kategoriyali moylar 
zanglash, yeyilish, oksidlanishga qarshiligi past bo‘lgan moylar-
ning o‘rnini bosa oladi. 
- SM sinfidagi moylar oqishdan saqlashni yaxshi ta’minlaydi, 
oksidlanishdan va yeyilishdan yuqorida ko‘rib o‘tilgan moylardan 
yaxshiroq saqlaydi. Bundan tashqari, zanglashdan va korroziyadan 
saqlashni juda yaxshi ta’minlaydi. 
API bo‘yicha dizelli dvigatellarning ishlash kategoriya 
shartlari: 
Ko‘p tarqalgan API moy klassifikatsiyasi dizelli dvigatellari 
uchun quyidagi kategoriyalarni belgilaydi:
CA, CB, CC, CD, CE, CF,CG, CH, CI. 
API "C" (Commersial) kategoriyasi (dizelli dvigatellar 
uchun): 
СA 
СB 
СC 
СD 
СE 
СF 
СG 
СH 
CI 
Hozirgi kunda bekor qilingan 
Hozirgi kunda ishlatiladigan 


147 
- CA,CB,CC sinfidagi moylar o‘rtacha sharoitda ishlaydigan 
dizel dvigatellari ekspluatatsiyasini anglatib, porshen barmoq-
larining yeyilishini va podshipniklarni korroziyadan saqlashni 
ta’minlaydi. Ular 1970-yillargacha keng qo‘llanilgan, lekin 
hozirgi zamonaviy dvigatellarga ishlatilmaydi (hozirgi kunda 
bekor qilingan). Bu turdagi moylar yuqori haroratda kuyushdan va 
zanglashdan himoyalashni ta’minlaydi (hozirgi kunda bekor 
qilingan);
- CD sinfidagi moylar (1989-yilda ishlab chiqarilgan) yuqori 
yuklanishda va og‘ir ekspluatatsion sharoitda ishlaydigan 
yeyilishdan va kuyishdan himoyalashni talab qiluvchi hamda 
qovushqoqligi past yonilg‘i ishlatiladigan trubonadduvli va 
nadduvsiz dizellar uchun mo‘ljallangan.Yuqori haroratda kuyish 
va korroziyalanishdan saqlaydi (hozirgi kunda bekor qilingan); 
- CE sinfidagi moylar 1983-yilda chiqa boshlagan va past 
tezliklarda va yuqori kuchlanishda ishlovchi forsunkali trubo-
nadduvli dizellarda qo‘llanilgan (hozirgi kunda bekor qilingan). 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling