Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha dizelli dvigatellar


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
10-11 мавзу

Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha dizelli dvigatellar 
uchun mo‘ljallangan moylar: 
- CF, CF-4, CF-2 sinfidagi moylar yuk tashiydigan yuk 
avtomobillarining 4 taktli va 2 taktli dizellari uchun mo‘ljallangan 
moylar bo‘lib, CE sinfi moylariga nisbatan yuvuvchi xossalari 
yuqori hisoblanadi.
- CG-2 sinfidagi moylar 1996-yildan chiqa boshlagan bo‘lib, 
yeyilishdan va kuyishdan effektiv himoyalanishni talab qiluvchi 
og‘ir sharoitda ishlaydigan ikki taktli dizellar ekspluatatsiyasida 
qo‘llaniladi. Bu ekspluatatsiya sharoiti uchun bu moy CD moyiga 
nisbatan yaxshi tasnifga ega.
- CG-4 - sinfidagi moylar kategoriyasidagi moylar yuk 
avtomobillarining 4 taktli tez harakatlanadigan dizellari uchun 
mo‘ljallangan moylar bo‘lib, CF-4 sinfi moylariga nisbatan yaxshi 
yuvuvchi xossalarga ega. Shuninigdek, ular yeyilishga qarshi
antikorrozion xossalarga ega bo‘lib, kam oltingugurtli (oltingugurt 
miqdori 0,05% dan kam) dizel yonilg‘ilari bilan birga yaxshi 


148 
ishlaydi. Тrassalarda ishlaydigan o‘ta yuklangan va yuk avtomo-
billarida ishlatiladi. Ilgari ishlab chiqarilgan dizellarda CF-4 
moyini almashtiradi; 
- PC sinfidagi moylar yeyilishiga va kuyishiga qarshi 
xususiyati bo‘yicha talablarni qoniqarli ravishda qondirish uchun 
yo‘naltirilgan. Dvigatel konstruksiyasi va yonilg‘i spetsifikatsiya-
sidagi o‘zgarishlar ГОСТ talablariga bog‘liq asoslangan. Bu 
moylar asosan trassalarda ishlaydigan yuklangan holatdagi yuk 
avtomobillariga mos keladi. 
- CH-4 sinfidagi moylar 4 taktli avtomobil dizellarida uzoq 
muddatda almashtirilmasdan ishlatish uchun mo‘ljallangan. Oldin 
chiqarilgan dvigatellar uchun ishlatilgan CG-4 moylarini almash-
tiradi.
- CI-4 sinfidagi moylar hozirgi kunda ishlatiladigan barcha di-
zelli dvigatellar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eski kategoriyadagi 
barcha moylarning to‘liq o‘rnini bosadi. Universal moylar quyida-
gi ko‘rinishda belgilanadi: SF
/CG, SG/CH, SH/CG, SJ/CH va h.
 
5.6 -jadval
 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling