O’t oldirish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish
O’t oldirish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar. O’t oldirish tizimidagi elementlar bo’yicha
nosozliklarning sodir bo’lishini har biri bo’yicha ko’rib chiqamiz. Yuqori kuchlanishli g’altakning
nosozliklariga g’altak qopqog’ining darz ketishi va kuyishi, birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar himoya
qobiqlarining kuyishi oqibatida o’ramlar orasidagi qisqa tutashuv, chulg’amlarni ulangan joyidan uzilib
qolishi, qo’shimcha rezistorning uzilib qolishi yoki birlashgan qismlarning bo’shashib qolishlari kiradi.
Quyida o’t oldirish tizimlarida uchraydigan nosozliklar, ularning yuzaga kelish sabablari va bartaraf qilish
usullari jadval ko’rinishida berilgan.
3-jadval. O’t oldirish tizimlarida uchraydigan nosozliklar, ularning yuzaga
kelish sabablari va bartaraf qilish usullari
Nosozlikni yuzaga kelish sabablari Bartaraf kilish usuli
Dvigatel ishga tushmayapti
Birlamchi tok zanjirida uzilish mavjud
Tester yordamida birlamchi tok zanjirini
tekshirish, uzilish joyini topish va bartaraf etish
Uzgich kontaktlarining kuyishi yoki moylanib
kolishi
Kontaktlarni tozalash yoki benzin bilan artib
tashlash
Markaziy kumir kontaktni «osilib» kolishi yoki
yugurdakning xalakit bosuvchi rezistorini ishdan
chikishi
Kumir kontakt yoki prujinani almashtirish,
yugurdakni almashtirish
Uzgich pishangchasining korpusga kiska
tutashishi
Pishangchani almashtirish
Kondensatorni ishdan chikishi
Kondensatorni almashtirish
Datchik yoki kommutatorni ishdan chikishi
Datchik yoki kommutatorni almashtirish
Ut oldirish galtagining ishdan chikishi
Ut oldirish galtagini almashtirish
Markaziy yukori kuchlanish utkazgichning
izolatsiyasini teshilishi
Utkazgichni almashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |