Avtotransport vositalari servisi asoslari
Yoritish va ogohlantirish anjomlari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiruv-nazorat asboblariga texnik xizmat ko’rsatish Tekshiruv-nazorat asboblari
Yoritish va ogohlantirish anjomlarining nosozliklarini kelib chiqishi lampochkalarning kuyishi,
uzgich-ulagichlarning ishdan chiqishi natijasida ro’y beradi. Eng asosiy qiyinchilik faralarning nosozligi aniqlashdan iborat. Yaqin yoritish chiroqlari 30m ni, uzoq yoritish chiroqlari 100 m masofani yoritishi kerak. Burilish chiroqlarining o’chib yonish chastotasi 1,5-0,5Gts ni tashkil qilishi kerak. Faralar maxsus optik priborlar yoki avtomobildan ma’lum masofada devorga o’rnatilgan maxsus ekran yoki jihozlar yordamida sozlanadi. Rostlash vaqtida bitta fara yorug’lik nuri o’tkazmaydigan g’ilof bilan yopib qo’yiladi. Agarda farani sozlashda ekrandan foydalanilsa, u holda ekran, avtomobilning turiga qarab, undan 5-12m gacha uzoqlikda joylashtirilishi mumkin. Agar yorug’lik sharpasining ellipssimon shakli markazi bilan ekrandagi vertikal va gorizantal chiziqlarning kesishish nuqtasi mos tushmasa, faralar rostlash vintlari yordamida sozlanadi. SHunday tartibda ikkinchi fara ham sozlanadi. Yoritish jihozlarining yaroqsiz detallari almashtirish yo’li bilan ta’mirlanadi. Tekshiruv-nazorat asboblariga texnik xizmat ko’rsatish Tekshiruv-nazorat asboblarining ishlash qobiliyati va to’g’ri ko’rsatishi tekshiriladi. Ularning nosozliklari sim chulg’amlarining kuyishi, simlarning uzilishi, noto’g’ri ko’rsatishi bo’lib, tuzatib bo’lmasa, ular yangisiga almashtiriladi. Moy bosimi, suv harorati va yonilg’i sathining ko’rsatgichlari datchik va qabul qiluvchilarning ishchanligini tekshirish uchun, ular avtomobildan yechib olinadi va mahsus jihozlar yordamida me’yor ko’rsatgichlariga taqqoslab tekshiriladi. Datchik yoki priyomnikning nosozligi aniqlanganda ularni soz holatdagi datchik yoki priyomnik bilan almashtirish tavsiya etiladi, chunki datchik va priyomnik konstruktsiyasi qismlarga ajralmaydi va ekspluatatsiya jarayonida ta’mirlanmaydi. Magnitoelektrik harorat ko’rsatkichlar sozligini tekshirishni 20°S da va ma’lum bir ketma-ketlik bilan amalga oshirish tavsiya etiladi, buning uchun datchik va priyomnik avtomobildan yechib olinishi kerak. Priyomnik moslamaga ishchi holatda o’rnatiladi. Datchik to’ldirilgan va radiator qopqog’i bilan berkitilgan maxsus vannaga solinadi. Radiator qopqog’i vannadagi suv haroratini 100°S dan oshirishga imkon beradi. Moy haroratini o’lchash uchun mo’ljallangan datchiklar moy to’ldirilgan vannada tekshiriladi. Priemnik shkalasining tekshiriladigan nuqtalari, 0 S 40 80 100 110 120 Ruxsat etilgan hatolik, 0 S ± ± ± ± ± Xatolik yuqori bo’lgan holatda harorat ko’rsatkichning priyomnigi va datchigini alohida tekshirish lozim. Agar bu ko’rsatkichlar me’yor chegarasida bo’lsa, asboblar soz holda hisoblanadi aks holda yangisiga almashtiriladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling