Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

3-rasm. Eroziyalangan uzgich kontaktlar orasidagi
tirqishni yassi shchup bilan o’lchash
Svechani moy bilan qoplanishi porshen halqalarining yeyilganligi, klapan salnigi teshigining
kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrini ifloslanishi, karbyuratordagi
aralashmaning boyligi, o’t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo’ladi.
Svechada kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko’k ranggacha bo’lgan qurumning mavjudligiga
svechaning kalil sonini pastligi, karbyuratordagi aralashmaning kambag’al bo’lishi, yondirish momenti
ertaligi, porshen tubini va tsilindr kallagini qurum bilan qoplanishi, dvigatel tsilindriga qo’shimcha
havoning so’rilishi, svechada zichlash halqasining yo’qligi sabab bo’ladi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi va teshilishi,
uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli yomon kontaktda bo’lishi, sinishlar, uzilishlar va qarshilikning ortib
ketishi kiradi.
O’t oldirish tizimini diagnostikalashda elektron-nur trubkali qo’zg’almas motor-testrlardan, hamda
elektron avtotestrlardan (sonli aks ettiruvchi) foydalaniladi. Nosozliklarni tsilindrlar bo’yicha aks ettirish
birlamchi va ikkilamchi sim chulg’amlari orasidagi kuchlanish fazalarini o’zgarishi va ish jarayonini ko’p
marotaba takrorlanishi hisobiga amalga oshiriladi.
Elektron-nur trubkalarida kuchlanishning o’zgarishini baholash nazar tashlash va etalon shakl
bilan taqqoslashdan iborat. Oxirgi vaqtlarda uzgich kontaktlari orasidagi tirqish kattaligini aniqlovchi
taxometr va volьtmetrdan iborat bo’lgan oddiy asboblar qo’llanilib, ular 20 V va 0,5-1,0V
gacha(kontaktlar birikib turgan holatdagi kuchlanishni aniqlash uchun) oraliqdagi kuchlanishni o’lchash
uchun moslashgan. Taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni
tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda tozaligini kuzatib borish lozim. Xizmat ko’rsatish vaqtida
taqsimlagichni mahkamlanganligi tekshiriladi va zarur bo’lsa, uni mahkamlanadi. Mahkamlashdan avval
o’t oldirish momenti to’g’ri o’rnatilganligini tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqog’i yechib olinib, uni
ichki va tashqi sirtlari kirdan tozalanadi. Uzgich kontaktlari orasi moy qoldiqlari va changdan benzin
shimdirilgan zamsh materialida tozalash kerak. Kuygan kontaktlar maxsus abraziv plastina yoki
donadorligi 150 bo’lgan mayin oynasimon jilvir bilan tozalash zarur. Kontaktlarni tozalashda ishlash
vaqtidagi ularning yuzasida hosil bo’lgan do’nglik va chuqurliklar tekislanishi lozim. Bu do’nglik va
chuqurliklarni to’liq tekislash tavsiya etilmaydi. Kontaktlar tozalangandan so’ng ularni havo bilan
purkash, so’ngra benzinda yengil namlangan zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni sozlash
lozim.
Harakatlanuvchi kontakt o’qida qadalib kolishini tekshirish uchun richagni barmoq bilan tortib,
so’ng qo’yib yuboriladi. Kuyib yuborilgan richag prujina yordamida chertilgandek, tez suratda dastlabki
holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, u xolda harakatlanuvchi kontakt yoki
kontakt to’liq holda yangisiga almashtiriladi. Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli
sozlagichlarning ishlashi hamda uchqunning bir maromdaligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning
ochiq holatda turish burchaklarini o’rnatishni maxsus SPZ-12 jihozida yoki shunga o’xshash jihozlarda
amalga oshirish darkor. Uzgich o’qining ichquymasi hamda ko’pgina avtomobillarda qo’llanilayotgan
vakuum sozlagich podshipnigini davriy ravishda moylab turish lozim.
O’t oldirish burchagini aniq sozlash ishlayotgan dvigatelda stroboskop yordamida bajariladi.
Uning ishlashi qisqa vaqt (0,0002s) oralig’ida belgilangan onlarda aylanuvchi detalni qisqa yorug’lik
impulьsi bilan yoritilsa, u qo’zg’almas bo’lib ko’rinishiga asoslangan. SHunga asosan tirsakli valning
kichik, o’rta va katta aylanishlar sonida o’t oldirish burchagining me’yoriy qiymatlari tekshiriladi.


Tekshiruv natijalariga ko’ra uzgich-taqsimlagich sozlanadi yoki almashtiriladi. Almashtirilgan uzgich-
taqsimlagich ustaxonada ta’mirlanadi va ta’mirlash sifati jihozlar (SPZ-12 kabi) yordamida tekshiriladi.
Izolyator yupkachasidagi qurumni E203 yoki 541-2M belgili qum sochuvchi qurilmalarda
tozalanadi. Qurumni o’tkir po’lat asboblar yordamida olib tashlashga urinish izolyatorning yuzasi
tirnalishiga va yuqori kuchlanishni massaga o’tib ketish yo’lakchalari hosil bo’lishiga olib keladi. O’t
oldirish chaqmoqlarini ochiq olovda (masalan yonayotgan gazda) qizdirish yo’li bilan qurumni yo’qotish
usuli juda zararli hisoblanadi. CHunki bunda chaqmoq zichligini yo’qotadi va ishdan chiqadi.
CHaqmoqlarni yechish va qayta qotirish uchun avtomobilning asboblar jamlamasidagi maxsus chaqmoq
klyuchidan foydalanish kerak. Bu maqsadda oddiy gayka klyuchi yoki yassi ombirni ishlatish chaqmoq
qorpusidagi qirralarni yeyilishiga izolyatorni sinishiga olib keladi.
CHaqmoqlarning ishlash muddati ko’p jihatdan ularni dvigatelda ishlash sharoitiga bog’liq. Past
aylanishlar chastotali, siqish darajasi kichik bo’lgan dvigatellarga o’rnatilgan chaqmoqlar
jadallashtirilgan, siqish darajasi yuqori bo’lgan dvigatellarga o’rnatilgan chaqmoqlarga nisbatan uzoqroq
ishlaydi. Ba’zi avtomobil zavodlar barcha o’t oldirish chaqmoqlar jamlamasini ularning holati va ish
qobiliyatidan qat’iy nazar avtomobil ma’lum belgilangan masofani bosib o’tgandan keyin almashtirishni
tavsiya qiladi. Masalan VAZ 30000 km dan keyin UzDEUavto esa 20000 km dan keyin. Ignali sinov
moslamasi mustaqil yon elektrod 4ta O’O chaqmog’idan 2ta markaziy elektrodlar orasidagi tirqish 7 – 10
mm bo’lgan 2ta razryadlovchi hosil qilish bilan tayyorlanadi.
Nosozliklar kodining NL va diagnostika kolodkasi (7.50-rasm) yoki motor - tester va skanerni
ulagan holda aniqlanadi. Dvigatel va uning komponentlarini elektron boshqarish tizimi 1 -TQ da nafaqat
motor-tester, skaner, mulьtimetr, stroboskop, gazoanalizator, monometr va vakuum - nasoslardan
foydalangan holda quyidagi texnologik sxema bo’yicha diagnostika qilish zarur:
- elektr benzonasos, yonilg’i filьtri va yonilg’i bosim rostlagichining ish qobiliyatini aniqlash uchun
tizimning bir necha nuqtalarida yonilg’i uzatish bosimi manometr yordamida o’lchanadi;
- eletromagnit forsunka cho’lg’amlarini qarshiligi mulьtimetr bilan o’lchanadi. Uning qiymati 15,5 - 16,0
Om ni tashkil etishi kerak;
4-jadval. Mikroprotsessorli O’OT dagi nosozliklarning asosiy sabablari,

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling