Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli savol
- Mavjud vaziyat
Mavjud vaziyat
Mamlakat iqtisodiyotida avtomobil transportining muhim o’rni bor, u katta ijtimoiy ahamiyatga ega, eng qulay va foydalanish oson harakatlanish vositasi sifatida fuqarolarning hayotiga mahkam joylashib olgan. Transportning boshqa turlariga nisbatan avtotransport vositasining soddaligi va foydalanishda osonligi avtomobil yo’llarida yuqori tezliklarda va jadal harakatlarda undan foydalanishning xavfsizligiga alohida talablar qo’yiladi. Boshqa tomondan avtotransport vositalarini tuzilishi, birinchi navbatda ishonchliligi, tashxislash vositalari bilan to’la jixozlaganligi, mikroprotsessor texnika keng qo’llanishi, murakkabligi va qiymatini oshib borishi texnik servisning foydalanish xavfsizligini ta’minlashga javobgarligini kuchaytiradi. Muammoli savol: avtoservis korxonalarida avtomobillarga texnik servisning foydalanish xavfsizligini ta’minlash javobgarligini oshirish uchun nimalarga ko’proq e’tibor bergan bo’lar edingiz? Mavjud vaziyat O’zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2009 yil 22 apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda O’zbekiston milliy avtomagistrali bo’ylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart- sharoitlar yaratish, yangi ish o’rinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral bo’yidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2010- 2015 yillar uchun O’zbekiston Milliy Avtomagistrali yo’l infratuzulmasi va servis ko’rsatish sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqladi. Muammoli savol: Yo’l infratuzilmasi va servisi ob’ektlarida qanday yo’nalishlar bo’yicha xizmat ko’rsatishni tashkil qilish ko’rsatib o’tilgan? Dasturga asosan avtomobil yo’llari atrofida nechta ob’ektlar qurib foydalanishga topshirildi. O’zingiz yashayotgan hudud bo’yicha tahlil qiling. Mavjud vaziyat Avtotransport vositalarini ishlatish jarayonida buzilish va nosozliklar paydo bo’ladi, ular texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) orqali bartaraf etiladi. TXK va T tizimining asosi uning tuzilmasi va me’yorlaridan iborat. Muammoli savol: avtomobillarga TXK va ta’mirlashning asosiy vazifasi nimadan iborat? Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruv tizimi haqida nimalar bilasiz? TXK va ta’mirlashni davlat va tarmoqlar doirasida qanday darajalari mavjud? Mavjud vaziyat 1984 yilda sobiq Ittifoq avtomobilsozlik sanoati va sobiq RSFSR avtomobil transporti vazirliklari tomonidan yangi “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T haqidagi Nizom” da avtomobil ishlab chiqaruvchilari va avtotransportchilar tomonidan hamkorlikda yangi avtomobillar darajasini baholash, ishlash sharoitini hisobga olgan holda avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi (ATE) me’yorlarini resurslar bo’yicha va tezkor to’g’rlash masalalari aniq keltirilgan. Muammoli savol: Avtomobillarga TXK va T to’g’risidagi nizom necha qismdan iborat va uning qismlarida qanady me’yorlar va texnologiyalar keltirilgan. Mavjud vaziyat Avtoservis rejaviy-ogohlantiruvchi tizimga asoslangan bo’lib, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizomlarda va avtomobilsozlik kompaniyalarining o’z “Avtomobillardan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa me’yoriy hujjatlarida o’z aksini topgan. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling