Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Muammoli savol: avtomobillarga qaysi hollarda kafolat berilmaydi? Kafolatni buzilishiga nimalar
sabab bo’ladi?
Mavjud vaziyat
Avtomobillar servisida quyidagi me’yoriy hujjatlar mavjud: Avtotransport vositalariga texnik
xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qator davlat standartlari ishlab chiqilgan. O’zbekiston
Respublikasining O’zDSt 1049:2003 standartida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlash bo’yicha umumiy talablar keltirilgan. Ushbu standart avtomototransport vositalariga texnik
xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablarni o’rnatadi,
belgilangan muddatlarda va yetarli sifatli xizmatlarga foydalanishga, xizmatlar va ularni bajaruvchilar
haqida ma’lumotlarni olishga foydalanuvchilarning huquqlarini o’rnatadi.
Muammoli savol: Avtoservis tarmog’i bo’yicha ishlab chiqilgan qaysi Nizomlar asosida servis
xizmati amalga oshirladi? Avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda
qo’llanilayotgan qanday me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin? Avtoservis korxonalari faoliyati bo’yicha
qaysi me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin?


Mavjud vaziyat
Firma usulida xizmat ko’rsatish – bu avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaning o’z avtomobillariga
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdir. Har qaysi avtomobil ishlab
chiqaruvchi firma yoki kompaniya o’z avtomobillarini sotish va ularga servis xizmati ko’rsatish uchun
“Diler” yoki “Distribyutor” bilan savdo shartnomasi tuzadi. Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma
usulida xizmatni tashkil etishning bir yoki bir necha variantlardan iborat kombinatsiyalarni qo’llaydilar.
Masalan, Frantsiyaning “Reno” firmasiga qarashli avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatuvchi
tarmoqlarda 13 ming atrofida “Dilerlar” faoliyat ko’rsatadi, Italiyaning “Fiat” kompaniyasida esa,
ularning soni 11 mingni tashkil etadi. O’zbekistonda ham firma usulida xizmat ko’rsatish shakllangan va
oxirgi vaqtda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling