Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavjud vaziyat
- Muammoli savol
Muammoli savol: Buyurtmachi-mijoz avtoservis korxonasi xizmatidan foydalanishi uchun dastlab
qaysi ishlarni amalga oshirish lozim? Qanday avtomobillar servis korxonasiga qabul qilinmaydi? Avtoservis korxonasida avtomobillarga texnik servis qanday yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi? avtomobillarni texnik servisida qaysi ishlar majburiy o’tkazilishi lozim? Avtomobillarni avtoservis korxonasida turish vaqti bir sutkadan ortib ketsa qanday amallar bajariladi? Avtomobillarga TX ko’rsatish va ta’mirlash ishlari uchun haq avtoservis korxonalarida qanday amalga oshiriladi? Mavjud vaziyat TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi. Avtomobillarning o’zida bajariladigan ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus postlarda bajariladi. Ayrim ishchi postlar ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo’lishlari mumkin, masalan, moylash va moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g’ildiraklarni o’rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va h.k. TXK va ta’mirlashning barcha umumiy ishlari (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni o’rnidan ajratib olish va o’rniga qo’yish va h.k.) universal postlarda bajariladi va bu ishlar katta hajmni tashkil etadi. Muammoli savol: Universal postlar, maxsus postlar va maxsuslashtirilgan postlar texnik servis ishlari qanday amalga oshiriladi? ularni mazmunini tushuntirib bering. Postlarda avtomobillarga texnik servisni ta’minlash uchun qanday texnologik jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiq? Texnologik jihozlarni xarkteristikasini aytib bering. TXKga kelgan avtomobillarda bajariladigan ishlar davriyligi va hajmi kim tomonidan o’rnatiladi? Mavjud vaziyat Avtoservis korxonasining raqobatbardoshligini ta’minlaydigan omillardan asosiysi ko’rsatiladigan xizmat sifatidir. Avtoservis sifatiga mijozlar qo’yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettirilsa, ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. Muammoli savol: Avtoservis korxonasi raqobatbardoshlik darajasini oshirishning qanday asosiy yo’nalishlarini bilasiz? Avtomobillar servisi sifatini ta’minlovchi qanday huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud? Mavjud vaziyat Mijozning ishonchini, xohishini va servis xizmatiga ehtiyojini oshirish uchun xizmat madaniyatini yuqori darajaga ko’tarish lozim. Xizmat madaniyatining asosiy elementi bo’lib, xizmat ko’rsatish xodimlarining malakaviy axloqi hisoblanadi. Xizmatning estetik madaniyati–xizmat ko’rsatish estetikasi, interer, xodimning estetik qiyofasidan iborat. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling