Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Muammoli topshiriq: avtomobillarni diagnostikalash deganda nimani tushunasiz, texnik
diagnostika nima uchun yo’naltirilgan. Diagnostik parametrlar, me’yorlar va ko’rsatkichlarni aniqlash
usullarini aytib bering. Diagnostik parametrlar formulasini tahlil qiling. Avtomobillarga texnik xizmat
ko’rsatish va ta’mirlashda diagnostikani o’rni. Avtoservis korxonalarida avtmobillarni diagnostikalashni
tahlil qiling va avtomobillarni diagnostikalash bo’yicha o’zingizni fikringizni bildiring. Avtoservis
korxonasida diagnostika mintaqasi faoliyatini tahlil qiling va mintaqa qiyosiy chizmasini chizing,
diagnostikalash texnologik xaritasini tuzing.
Mavjud vaziyat
Avtoservis korxonalari (ASK) va markazlaridagi texnik servis ishlari texnologik jarayonini tashkil
etishda avtomobillarni texnik holatini diagnostikalash katta ahamiyatga ega.
Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib Namangan
shahridagi avtoservis korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan diagnostika turlarini
tahlil qiling va ularni amaliyotda qo’llanilishi bo’yicha xulosa qiling.
Mavjud vaziyat
Avtoservis korxonasining o’ziga xosligi shundan iboratki, soha ma’lum ijtimiy-siyosiy, iqtisodiy
sabablarga ko’ra dunyo avtomobil servisidan deyarli 50-60 yil kech qolgan deb tan olindi va rivojlana
boshladi. Ayniqsa avtomobil servisining eng zarur va mukammal usuli, ya’ni firma usulida xizmat
ko’rsatish orqada qolib ketdi. Jahon avtomobil servisining ko’p yillik tajribalari yetarli o’rganilmadi va
ularning bu sohada erishgan yutuqlaridan o’z vaqtida foydalanilmadi.
Muammoli topshiriq: Avtoservis xizmati asosan faqat bir turdagi, ya’ni shaxsiy yengil
avtomobillarga mo’ljallanganligi, soha ko’lamini toraytirdi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini


susaytirdi, shuning uchun respublikamizda avtoservis xizmatini oshirish uchun nimalarga ko’proq e’tibor
berish lozim bo’ladi? Namangan viloyatida mavjud avtoservis korxonalarini tahlil qilib, ularni
rivojlantirish bo’yicha o’zingizni fikringizni ayting.
Mavjud vaziyat
Davlatning o’rta va kichik biznesni tez sur’atlar bilan rivojlantirishga qaratilgan siyosatiga asosan
(avtoservis aynan shu toifaga kiradi) respublikamizning barcha shaharlari va hatto, qishloqlarida kichik
quvvatga ega bo’lgan (1-2 postli) ko’plab texnik xizmat punktlari va avtoustaxonalar ochildi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling