Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini ayrim
mexanizmlar, agregatlar yoki tizimlar bo’yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxona-lardir. 60m
2
),
ishlovchilar soni esa 1-2 kishidan iboratdir.
Texnik xizmat ko’rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda avtomobilning o’ziga xizmat
ko’rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi.
Avtomobillarga yonilg’i-moy quyish stantsiyalari (AYoQS) - avtomobillarni yonilg’i - moy mahsulotlari
bilan ta’minlash bilan birga ba’zi bir yengil texnik xizmat ishlarini bajarishi ham mumkin.
Avtosaqlash joylari - avtomobillarni yopiq
yoki ochiq holda saqlash, ko’p hollarda kichik hajmdagi TXK,
ayrim hollarda ko’p iste’moldagi ehtiyot qismlar bilan ta’minlash bilan shug’ul-lanuvchi sub’ekt.
Motel – avtoturistlar va yuk tashuvchi xaydovchilar uchun mo’ljallangan
mehmonxona, restoran,
avtomobillar
saqlash joyi, avtoservis binosi, yonilg’i quyish
shoxobchasi, avtomobillarning qisqa
muddatga to’xtash maydonlaridan tashkil topgan majmuadir.
Kemping – yoz mavsumlarida yengil avtomobil va avtobuslarda sayohat qiladiganlarga xizmat ko’rsatish
uchun mo’ljallangan kerakli qurilmalar bilan jihozlangan va obodonlashtirilgan hududdir.
Kafolatli texnik xizmat ko’rsatish - avtomobillarga avtomobilsozlik
kompaniyasi tomonidan
buzilmasdan, soz ishlashiga kafolat berilgan davr ichida, yuzaga kelgan nosozliklarni avtomobilsozlik
kompaniyasi hisobidan bartaraf etish bo’yicha bajarila-digan TX va ta’mirlash ishlaridir.
Servis daftarchalari. Yengil avtomobillar uchun avtomobilsozlik kompaniyalari TX ishlarining nomi,
hajmi va davriyligi (ya’ni rejimini) maxsus servis daftarchalarida (SD) keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: