Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib ular orasida moylash
tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish topshirig’i beriladi. Bu masala yuzasidan har bir talabani o’z
fikrini bildiradi. Ular quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Moylash tizimidagi moy bosimini pasayib
ketish sabablarini ko’rsating. Moylash tizimidagi moy bosimi nima uchun ortib ketadi?. Markazdan
qochma filtrni ifloslanish darajasini qanday aniqlash mumkin? Moylash tizimida moylash sifatini
nimaga bog’liq? Moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasini keltiring.
Mavjud vaziyat
Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari: zichlikning buzilishi, yonilg’i baki va
trubkalaridan yonilg’ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi tufayli drossel qopqog’ini birdaniga
ochilganda dvigatelning bo’g’ilib ishlashi, yonilg’i va havo tozalagichlariningifloslanishi, kalibrlangan
teshik va jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi,
ignali klapan zichligining buzilishi, po’kakli kamerada yonilg’i sathining o’zgarishi, yonilg’i nasosidagi
diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo’qolishidan iborat.
Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib ular orasida yonilg’i
bilan ta’minlash tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish topshirig’i beriladi. Bu masala yuzasidan
har bir talabani o’z fikrini bildiradi. Ular quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Ta’minlash tizimini
germetikligini buzilish sabablari haqida. Karbyuratorni qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha.
Karbyuratorni sifat va miqdor bo’yicha sozlashni. Karbyuratorda boy aralashma hosil bo’ladi bu nimaga
olib keladi va uni bataraf qilish bo’yicha fikrlaringiz. Karbyuratorda kambag’al aralashma hosil bo’ladi
bu nimaga olib keladi va uni bataraf qilish bo’yicha fikrlaringiz.



Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling