Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavjud vaziyat
- Muammoli topshiriq
Muammoli topshiriq: TXK va ta’mirlash sifatiga qanday omillar ta’sir ko’rstadi va ularni
yaxshilash uchun chora-tadbirlarni taklif qiling. ISO nima? Kim tomonidan o’rnatiladi, o’z ichiga nimalarni oladi? Mavjud vaziyat Avtomobillarga to’la ravishda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish bo’linma va ustaxonalar tashkil etiladi: bular avtomobillarni yuvish va quritish, avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish, maxsus diagnostika, texnik xizmat ko’rsatish postlari, ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlari, kuzov elementlarini ta’mirlovchi postlar, avtomobil, agregat, asbob va jihozlarini ta’mirlovchi maxsus ustaxonalar kiradi. Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib Namangan shahridagi avtoservis korxonasidagi bo’lim va ustaxonalar faoliyatini tahlil qilish va ular asosida xulosalar yozish. Bo’lim va ustaxonalarni tahliliy chizmasini chizib namunaviy loyihalar bilan solishtirish. Bo’lim va ustaxonalarda bajarilayotgan ishlar texnologiyasi bilan tanishish, tahlil qilish va solishtirma texnologik xarita tuzish. Mavjud vaziyat Avtomarkazlar va ASKlarda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi elementlardan biri ombor xo’jaligidir. Uni barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari asosida tashkil etish, ayniqsa, muhimdir. Ombor xo’jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq bo’ladi. Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib Namangan shahridagi avtoservis korxonasidagi yordamchi bo’limlar faoliyatini tahlil qilish va ular asosida xulosalar yozish. Omborxona xo’jaligini mikroiqlimini yaratish bo’yicha sizning takliflaringiz. Mavjud vaziyat Ekspluatatsiya jarayonida sodir bo’ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish, avtomobillarning ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turish uchun diagnostika ishlari o’tkaziladi. Avtomobil, uning tarkibiy qismlari ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida namoyon bo’ladigan, xususiyatlar deb ataladigan miqdor va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Xususiyatlar majmui avtomobil yoki uning elementini ishlatish uchun yaroqlilik darajasini aniqlaydi va boshqa avtomobil (element)lardan farqi va o’ziga xosligini ifoda etadi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling