Begonalashtirilmagan ta’mirlash-ishlash qobiliyati ta’mirlanib tiklangan detallar, tarmoqlar va
agregatlar o’z avtomobillaridagi o’rinlariga qaytariladi.
Mexanizatsiya mehnatni- «inson-mashina» yordamida bajarish, shu mashinaning ishini nazorat qilish va
boshqarishdir.
Avtomatlashtirish- qo’llanilganda bajaruvchi mashina yoki mashinalar majmui ishlarni bajaribgina
qolmay, balki texnologik jarayonlarni maxsus dasturlarga asosan boshqarib ham boradi
Kompyuterlashtirish-barcha hisob-kitob, axborot olish va uni saqlash, qayta ishlash va tarqatish
vositasidir.
avtomobilni qabul qilishda-avtomobil tashki ko’rinishini ko’zdan kechirish, uning butligini tekshirish,
egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellarni tekshirib ko’rish, shuningdek xavfsizlikni ta’minlovchi
barcha mexanizmlarni tekshirib ko’rish shart. SHuningdek, avtomobilning umumiy texnik holatini
belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
avtomobilni qabul qilishda quyidagi ishlarni bajaradi: avtomobil tashki ko’rinishini ko’zdan kechirish,
uning butligini tekshirish, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellarni tekshirib ko’rish, shuningdek
xavfsizlikni ta’minlovchi barcha mexanizmlarni tekshirib ko’rish shart. SHuningdek, avtomobilning
umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib
chiqiladi.
Avtoservis xizmati turlari: avtomobil va uning agregatlari, detallari va qismlarining texnik holatini
nazorat qilish, sozlash, rostlash va ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan ishlar jamlanmasi hisoblanadi.
Tijoriy va axborot xizmati ishlari: avtomobillarni ehtiyot qismlar, ekspluatatsion materiallar va anjomlar
bilan ta’minlash, savdo va reklama qilish bu sohaning biznes faoliyati hisoblanadi.
Avtosavdo markazlari (yoki bazalari) avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji,savdo qiladilar.
Avtosalonlar esa shu mollarni chakana savdo bilan sotadilar, buning uchun ularda avtomobillarni
sotishga tayyorlash (sotish oldi) texnik xizmatini bajarish uchun maxsus ishchi postlari bo’lishi shart.
Avtomarkazlar avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalarning tayanch-etakchi korxonalari bo’lib asosan
yirik shaharlarda (viloyat markazlarida) joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |