Avtotransport vositalari servisi asoslari
Avtomobil servisiga qo’yiladigan talablar
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
2. Avtomobil servisiga qo’yiladigan talablar
O’zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2009 yil 22 apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda O’zbekiston milliy avtomagistrali bo’ylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart- sharoitlar yaratish, yangi ish o’rinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral bo’yidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2010- 2015 yillar uchun O’zbekiston Milliy Avtomagistrali yo’l infratuzulmasi va servis ko’rsatish sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqladi. Yo’l infratuzilmasi va servisi ob’ektlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi: - haydovchilar va yo’lovchilar, avtoturistlarning dam olishini ta’minlash; - transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish; - tibbiy yordam va avariya holatida yordam berish. Dastur doirasida olti yil davomida 75 ta gaz va avtomobil yoqilg’i quyish ahobchalari, 59 ta gaz to’ldiruvchi kompressor stantsiyalari, 73 ta avariya hizmatiga ega texnik yordam punktlari, 47ta avtomobillarning qisqa muddatli to’xtash maydonchalari, 23 ta kemping va 48 ta motellar, 45 ta sanitar - gigienik uzellari qurilishi rejalashtirilmoqda. Kemping va motellar orasidagi masofa 100 km dan, qisqa muddatli to’xtash maydonchalari orasidagi masofa esa 15-20 dan oshmaydi. Oxirgi o’n yillarda, avtomobil parkini tez kengayishi va an’anaviy suyuq yoqilg’ilarni yetishmovchiligini o’sishi natijasida gazsimon yoqilg’ilarga e’tibor kuchaydi. Arzon va yonganda kam zaharli ko’rsatkichlarga ega suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy gaz (STG) suyuq uglevodorod yoqilg’ilarni o’rnini bosadi. Zamini tabiiy gazga boy O’zbekiston Respublikasi uchun gaz yoqilg’ilarini qo’llashni kengaytirish nihoyatda muhim. O’zbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln. tonna neft (gaz kondensatini qo’shganda), 55 mlrd. kub metr tabiiy gaz olinadi. Tabiiy gazning respublika yoqilg’i energiya balansidagi (YoEB) ulushi 65 %, jahon yoqilg’i energiya balansidagi ulushi 22-24 %. SHunday qilib, tabiiy gaz O’zbekistonda energiya iste’molchilar uchun va birinchi navbatda transport uchun asosiy va istiqbolli yoqilg’i turidir. Avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilg’i turlari bilan o’z vaqtida ta’minlash, avtomobil benzinini ularga almashtirish, respublikada avtotransport infrastrukturasini yana ham rivojlantirish, xalqaro va viloyatlararo yo’llar yoqasida AGNKS va AGZSlarni qulay joylashtirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 fevraldagi 30-sonli qarori [11] qabul qilindi. Qarorni bajarish uchun avtogazto’ldirish kompressor shahobchalari va avtogazquyish shahobchalari tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha tezkor ishlar olib borilmoqda. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling