Avtotransport vositalari servisi asoslari


Tayanch iboralar: Texnik xizmat ko’rsatish, rejaviy-ogohlantiruvchi, tizim, servis, avtomobil


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Tayanch iboralar: Texnik xizmat ko’rsatish, rejaviy-ogohlantiruvchi, tizim, servis, avtomobil,
avtotransport, tuzilma, tarkib, nosozlik, kafolat, kafolat davri va shartlari, reklamatsiya, firma
usulidagi avtoservis, diller, avtosavdo, bozor
1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruvchi tizimining
asoslari
Avtotransport vositalarini ishlatish jarayonida buzilish va nosozliklar paydo bo’ladi, ular texnik
xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) orqali bartaraf etiladi. TXK va T tizimining asosi uning
tuzilmasi va me’yorlaridan iborat. TXK ning asosiy vazifasi buzilish va nosozliklarning paydo bo’lishi
oldini olish amallarini, T ning vazifasi esa ularni bartaraf etish amallarini bajarib, avtomobilning
qobiliyatini tiklashdan iborat. TXK reja asosida buzilishning oldini olish maqsadida, muntazam ravishda,
belgilangan davriylik va ish xajmi bilan bajariladigan amallar majmuidan iborat. Avtomobillarga texnik
xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruv tizimi dunyo amaliyotida qabul qilingan.
TXK va T tizimining quyidagi darajalari belgilangan:
- davlat, tarmoqlararo va tarmoq ichi darajalaridagi tizim me’yorlari va talablari mulkchilik shaklidan va
muassasaviy bo’ysunishidan qat’iy nazar barcha yoki aksariyat ta’kidlangan tashkilotlar uchun majburiy
bo’ladi. Masalan, “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
haqidagi Nizom” [49], “Avtotransport korxonalarini texnologik loyihalashning tarmoq me’yorlari” [46]
va boshqalar;
- tarmoq ichi darajasidagi tizimda birlashmalar, holdinglar, xissadorlik jamiyatlari, transport
kompaniyalari ekspluatatsiya xususiyatlari va to’plangan tajribalari asosida, rejaviy-ogohlantiruvchi tizim
tamoyillarini saqlagan holda “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlash haqidagi Nizomi” me’yorlaridan foydalanib, o’zlari uchun TXK va T tartibotlarini ishlab
chiqadilar.
Bunda shu birlashmaga kiruvchi korxonalar guruhi uchun tizim tavsiyalari majburiy bo’ladi.
Masalan, o’z tarkibida ilmiy tadqiqot institutlari bo’lgan yoki ularning xizmatlaridan foydalangan yoki
yirik mutaxassislar guruhiga ega bo’lgan yirik birikma va kompaniyalardan Mosshahartrans,
Mosavtotrans, AQSH pochta xizmati avtotransport kompaniyasi, Angren “Avtoneftrans” korxonasi va
boshqalar ishlab chiqqan TXK va T tartibotlari.
Sobiq ittifoq avtomobil transportida TXK va T Nizomlari 1943 yildan boshlab, amaliyotga
kiritilaboshlangan.1943 yilda “Avtomobillarga profilaktik xizmat ko’rsatish haqidagi Nizom”
tasdiqlangan edi. 1947, 1949, 1954, 1963, 1974, 1989-1994 yillarda bu hujjat, avtomobillar


konstruktsiyasi takomillashuvi, ishlash sharoitining o’zgarishi, to’plangan tajribalarni hisobga olgan
holda takomillashib borgan. Nizomlardagi TXK davriyligining oshib borishi va ish xajmining kamayishi
(1.1...1.6 - rasmlar) avtomobillar konstruktsiyasining takomillashuvi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi
sohasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasidir.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling