Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-1 davriyligining oshib borishi 2-rasm


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

1-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-1 davriyligining
oshib borishi
2-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-2 davriyligining
oshib borishi
3-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha KXK ish hajmining
Kamayishi


4-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-1 ish hajmining
Kamayishi
5-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha TXK-2 ish hajmining
o’zgarishi
6-rasm. TXK va JT Nizomi chiqqan yillar bo’yicha JT ish hajmining kamayishi
TXK va T tizimini takomillashtirishda 1963 yilda avtomobilsozlik sanoati namoyondasi sifatida sobiq
ittifoqning mashinasozlik va avtomobilashtirish davlat qo’mitasi va avtotransport sohasi namoyondasi
sifatida sobiq RSFSR avtomobil transporti va shosse yo’llari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi
Nizom” alohida bosqich bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan avtomobillarning
amaldagi texnik darajasi va ishonchliligi birinchi marta davlat miqyosida me’yor sifatida tan olingan va
tasdiqlangan edi.


1984 yilda sobiq Ittifoq avtomobilsozlik sanoati va sobiq RSFSR avtomobil transporti vazirliklari
tomonidan yangi “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T haqidagi Nizom” da avtomobil
ishlab chiqaruvchilari va avtotransportchilar tomonidan hamkorlikda yangi avtomobillar darajasini
baholash, ishlash sharoitini hisobga olgan holda avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi (ATE) me’yorlarini
resurslar bo’yicha va tezkor to’g’rlash masalalari aniq keltirilgan.
Nizom ikki qismdan iborat. Birinchi qismda TXK va T asoslari, tarmoqdagi texnik siyosat, TXK
va T turlari va vazifalari, davriylik, ish hajmi, avtomobil va agregatlar resursi, TXK va JT da turish
me’yorlari, TXK ning namunaviy umumlashgan amallar nomlari, ekspluatatsiya sharoitini hisobga olish
va me’yorlarini tuzatish usulari, TXK va T ni tashkil qilish bo’yicha asosiy qoidalar keltirilgan.
Ikkinchi qismda muayyan avtomobil rusumlari va modifikatsiyalari bo’yicha me’yorlar, shu jumladan:
TXK va T turlari, TXK davriyligi, amallar ro’yxati va ish hajmi, avtomobil resursi (yoki mukammal
ta’mirgacha bosgan yo’li), ish hajmining ish turlari bo’yicha taqsimoti, ximmotologik karta va boshqa
ko’rsatmalar keltirilgan.
Bu Nizomda sobiq ittifoq avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun me’yorlar
keltirilgan bo’lib, hozirgacha o’sha avtomobil rusumlari uchun amal qiladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling