Avtotransport vositalari servisi asoslari
Elektron tizim va qurilmalarni ekspluatatsiya qilish va TXK
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
Elektron tizim va qurilmalarni ekspluatatsiya qilish va TXK
ning o’ziga xos tomonlari. Hozirgi paytda avtomobil va traktorlarda quyidagi elektron tizimlar va qurilmalar ishlatiladi: majburiy salt yurish ekanomayzeri (EPXX) tizimi, burilish ko’rsatgichi uzgichi, avariya holati xabarchisining relesi, eshiklarni blokirovka qilish tizimi boshqarish bloki, oynatozalagichni uzilib-uzilib ishlash harakatini boshqarish relesi, iqlim o’rnatgichni boshqarish tizimi (6 - rasm) va boshqalar. Ularning hammasi, avtomobil agregatlarini murakab elektron boshqarish tizimi kabi, ekspluatatsiya jarayonida ular bilan muomalada ehtiyotkorlik choralarini ko’rishni talab etiladi. O’O kaliti ulanganda elektron rele yoki blok botslagich uyalarini ajratib qo’yish man etiladi, chunki elektron blok komponent (elektron texnika buyum) lari ishdan chiqishi mumkin hamda bort tarmog’iga AKB ulangan holda transport vositalarida va elektron tizim va qurilishda payvandlash ishlarini bajarishga ruhsat etilmaydi. 6- rasm. Avtomobil isitgichini avtomat boshqarish tizimi sxemasi: 1-avtomobil salonidagi havo harorati datchigi; 2- montaj blogi; 3,4-tegishli ravishda havoni retsirkulyatsiya qilish kaliti va uzgichi; 5-qo’shimcha rezistor; 6-kontroller; A-ko’rsatgich asboblarini yoritish uzgi chiga; F1, F2-saqlagichlar; HL1,HL2-lampalar; K1, K2-rele kontaktlari; M1-ventilyator elektrodvigateli; M2-avtomobil salonini chaqmoqollatish elektrodvigateli; M3-isitgich to’sig’i uzatmasi mikroreduktori; 1 - 6,1–3-bog’lagich uyalarining tartib nomeri. Transport tizimidagi elektron tizim va qurilmalarni sozlash bo’yicha ishlab chiqaruvchi zavodning yo’riqnomalari bajarilishi zarur, nosozliklarni izlashda kirishuv qarshiligi yuqori bo’lgan mulьtimetr yoki tester qo’llanishi kerak. Elektron tizim va qurilmalarga TXKda ularning ish qobiliyati, vaqtinchalik tsikllar, indikator lampasini ishga tushish momenti, mehnat unumdorligi va h. k lar tekshiriladi. Navbatdagi TXK da va ularning nosozlik hollarida (7.6-jadval) elektron bloklar avtomobildan yechib olinadi va mahsus stendlarda tekshiriladi. ATEJ va AE buyumlari va tizimlariga TXK va diagnostika o’tkazish transport vositalarini yuqori texnik shayligini ushlab turish imkoniyatini beradi. TXK va diagnostika o’tkazish sifati transport tashkilotlari va servis hizmati muhandis operatorlarini mahoratiga bog’liqdir. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling