Avtotransport vositalari servisi asoslari
-rasm. Transmissiya agregatlarining texnik holatini aniqlovchi asbob: a-lyuftomer; b- dinomometrik qurilma. 2-rasm
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
1-rasm.
Transmissiya agregatlarining texnik holatini aniqlovchi asbob: a-lyuftomer; b- dinomometrik qurilma. 2-rasm. ZIL-130 avtomobilidagi mexanik yuritmali ilashma tepkisining erkin yo’lini rostlash 1-tortqidagi gayka; 2-ajratish ayrisini tutashtirib turuvchi tortqi. 3-rasm. VAZ avtomobili ilashish muftasi yuritmasining ishchi tsilindri va ajratish vilkasi: 1- ilashish muftasining ajratish podshipnigi; 2-sharli tayanch; 3-ilashish muftasini ajratish vilkasi; 4- itargich; 5-sozlash gaykasi; 6-chegaralovchi gayka; 7-tarang tutish prujinasi Qo’shimcha ravishda, har bir transmissiya agregatlari bo’yicha bajariladigan ishlarni alohida- alohida ko’rib chiqamiz. Ilashish muftasiga texnik xizmat ko’rsatish. Ekspluatatsiya jarayonida ilashma rostlab turiladi, ammo bundan oldin ilashma tepkisining erkin yo’li tekshiriladi. Buning uchun ikkita surilgichi bo’lgan chizg’ichdan foydalaniladi. CHizg’ichning bir uchi kabina poliga tiraladi, surilgich esa tepki maydonchasiga to’g’rilanadi. Ilashma tepkisi harakatlanishga qarshilik keskin ortgunga qadar bosiladi va shu vaziyat ikkinchi surilgich yordamida qayd qilinadi. CHizg’ichni ikkala surilgichi orasidagi masofa tepkini erkin yo’lini aniqlaydi. Mexanik yuritmali ilashmalardagi tepkining erkin yo’lini rostlash (2-rasm) uchun tepki o’qining richagi hamda ajratish ayrisini tutashtirib turuvchi tortqining (2) uzunligi o’zgartiriladi. Ko’pchilik yuk avtomobillarida bunday rostlash ishlari tortqini yuritma detallaridan ajratmagan holda bajariladi, ya’ni tortqidagi gaykani (1) burashning o’zi kifoya qiladi. Bunda gayka bo’shatilsa, tepkining erkin yo’li ortadi, qotirilsa, erkin yo’li kamayadi. Gidroyuritmali ilashish muftasidagi sozlash ishlarini bajarishda asosan ishchi tsilindr itargichining erkin yurish yo’li (4-5mm) me’yoriga keltiriladi. Buning uchun chegaralovchi gayka bo’shatilib, so’ngra itargich sozlovchi gaykasi bo’shatiladi yoki qotiriladi (3-rasm). Sozlash ishlari bajarilgandan so’ng ilashish muftasi yaxshi ajralmasa va uzatmalarga qo’shish qiyinchilik bilan kechsa, bu tizimda havo borligidan darak berishi mumkin. Neksiya avtomobilllarida sozlash yo’li bilan ilashish muftasi yuritmasi tepkisining to’liq harakatlanish yo’li me’yoriga keltiriladi (3-rasm). To’liq harakatlanish yo’lini aniqlash uchun ilashish muftasining tepkisi bilan rul chambaragining pastki qismigacha bo’lgan masofa-A aniqlanadi, so’ngra tepki to’liq bosilib yana masofa-V aniqlanadi. A va V masofalar orasidagi farq 130-136 mm bo’lishi kerak. Agar bu masofa me’yoridan farq qilsa, u holda sozlash ishlari bajariladi. Tepki (30) ning to’liq harakatlanish yo’li (38)-chegaralovchi gayka bo’shatilib, (37)-tayanch boltni burash bilan sozlanadi.Tepkining erkin harakatlanish yo’li esa (58)-chegaralovchi gayka bo’shatilib, (57)-shtokning uzunligini o’zgartirish bilan sozlanadi. Tepkining erkin yurish yo’li 8-15 mm oralig’ida bo’lishi kerak. 4-rasm. Neksiya avtomobilining ilashish muftasi bo’yicha sozlash ishlari ISUZU avtomobillarida (5-rasm), agar ilashma muftasining kuchaytirgichi o’rnatilayotganda ishchi sterjen uzunligi sozlangan bo’lsa, ilashma pedali sozlanmaydi. Ilashma muftasi kuchaytirgichining ishchi sterjenini uzunligi - o’rnatilish yuzasi va kallakli shtiftning shplint uchun teshigi markazi oralig’idagi masofa 156,5...157.5 mm gacha bo’lishi kerak. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling