Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Diagnostik parametr - bu avtomobil, uning agregat va uzellari texnik holatining miqdoriy
qiymatini bilvostia, diagnostik belgi (simptom) lar bo’yicha, bo’laklarga ajratmasdan turib aniqlanadigan
(dvigatelning quvvati, tormoz yo’li, lyuftlar, erkin yo’llar va h.k) sifatli o’lchovidir. Diagnostik
parametrlar tuzilmaviy parametrlar bilan bog’langan bo’lib, ob’ektning texnik holati to’g’risida kerakli
ma’lumot beradi. Har qanday ob’ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo’linadi:
1) ishchi jarayonlar - ob’ektning ish funktsiyalarini belgilaydigan jarayonlar (masalan, dvigatelda yonilg’i
va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib
tashlash va h.k.);
2) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar - ishchi jarayonlar bilan bir yo’lakay paydo bo’ladigan
jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va h.k.). Bunday jarayonlar parametrlarini kuzatish
va tashqaridan o’lchash mumkin.
SHuning uchun ishchi va hamroh jarayonlar parametrlari diagnostik parametrlar bo’lib xizmat
qiladi. Ishchi yoki birga sodir bo’ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini ob’ektning nosoz texnik
holatidan darak beruvchi tashqi belgi (simptom) deb qarash mumkin.
Diagnostik parametrlar quyidagicha tasniflanadi:
1. Tashkil bo’lish printsipi bo’yicha:
a) ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo’li va h.k.);
b) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari-diagnostik ob’ektning texnik holati bo’yicha
chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish, shovqin va h.k.);
v) geometrik parametrlar - mexanizm detallarining o’zaro tuzilmaviy bog’lanishini aniqlaydi (tirqishlar,
erkin yurish va h.k.).
2. Axborot turi bo’yicha:
a) keng axborotli (kompleks);
b) tor axborotli (lokal).
3. Yurgan yo’li funktsiyasi bo’yicha:
a) uzluksiz;
b) uzlukli.
4. Tuzilmaviy parametrning funktsiyasi bo’yicha:
a) to’g’ri chiziqli: S=a+vX;
b) darajali: S=aXb;
v) hosilali: S=f1(x).
5. Axborotning xarakteri, hajmi va o’zaro bog’liqligi bo’yicha:
a) ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog’liq bo’lmgan holda ob’ektning nosozligini aniq
ko’rsatadi (maslan, ob’ektning podshipnigidagi shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko’payganidan va
tirqishning kattalashganidan darak beradi);
b) umumiy diagnostik parametrlar diagnostik ob’ektning texnik holatini bir butun tarzda baholaydi
(masalan, berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati, transmissiya agregatlarining umumiy aylanma
lyuftlari yig’indisi va h. k.).
Bunday parametrlar nosozlikni aniq ko’rsatmaydi;


v) o’zaro bog’liq diagnostik parametrlar ob’ekt nosozligini bir vaqtning o’zida aniqlangan va o’lchangan
ko’pgina parametrlar majmui orqali ifodalaydi (masalan, dvigatel kiritish klapanining zich yopilmasligi
natijasida karbyuratordan tovush chiqishi va dvigatelning katta aylanishlar sonida bir maromda
ishlamasligi).
Har qanday chiqish parametri ham diagnostik parametr bo’lib xizmat qila olmaydi, chunki chiqish
parametri sezuvchanlik, bir ma’nolilik, barqarorlik va serma’nolilik kabi xususiyatlar talablariga javob
berishi kerak.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling