Avtotransport vositalari servisi asoslari


Diagnostikalashning umumiy jarayoni


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Diagnostikalashning umumiy jarayoni ob’ektning berilgan kuch, tezlik va issiqlik (r,v,t)
tartibotlarida funktsional (ob’ektning ishlash jarayonida) yoki test ta’sirida (ob’ektning sun’iy ishlashi
tashkil etilib) olib boriladi. Diagnostik parametrlar o’zgarishini texnik diagnostikalash vositalari
yordamida o’lchanadi hamda olingan axborotni me’yoriy qiymat bilan taqqoslab, mantiqiy ishlov berish
asosida diagnoz qo’yishni o’z ichiga oladi, ya’ni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi (6.1-rasm):
— ob’ektga funktsional yoki test ta’sirlari o’tkazish;
— diagnostik parametrlarni o’lchash;
— olingan axborotga ishlov berish;
—me’yoriy qiymat bilan taqqoslash va diagnoz qo’yish.
1-rasm. Texnik diagnostilalashni umumiy jarayoni
Diagnostik me’yorlar. Avtomobil texnik holatini aniqlash uchun diagnoz qo’yish vositalari
yordamida o’lchangan diagnostik parametr miqdorlarini me’yoriy miqdorlar bilan taqqoslash kerak.
Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (6.2-rasm):
Boshlang’ich me’yor (Sb ) yangi, texnik soz ob’ektlar texnik holati xarakteristikasi diagnostik
parametr miqdoriga mos keladi va ekspluatatsiya sharoitlarida shu me’yorga mos keltirish uchun ob’ektni
sozlaydilar yoki ta’mirlaydilar. Boshlang’ich me’yor texnik hujjatlarda keltiriladi.
CHegaraviy me’yor (Sch ) - ob’ektning shunday texnik holatiga mos keladiki, bu sharoitda
texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan ob’ekt ekspluatatsiyasini davom ettirish maqsadga muvofiq emas. Bu
me’yor davlat standartlari talablarida va texnik hujjatlarda keltiriladi.
Yo’l qo’yilgan me’yor (Syq ) - davriy diagnostika jarayonida asosiy diagnoz qo’yish me’yori
bo’lib hisoblanadi. Yo’l qo’yilgan me’yor asosida ob’ekt holatiga diagnoz qo’yiladi va ekspluatatsiyani
davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo’yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Diagnoz qo’yish. Avtomobilni diagnostikalash vaqtida diagnostik parametrlarning joriy vaqtdagi
miqdori aniqlanadi va u asosida ob’ektning texnik holati bo’yicha diagnoz qo’yiladi. Diagnoz qo’yish —
mexanizmning texnik holati to’g’risida xulosa chiqarish uning hozirgi vaqtda va navbatdagi servisgacha


bo’lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz
avtomobilning soz ishlashi resursini prognozlash elementlarini ham o’z ichiga oladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling