Avtotransport vositalari servisi asoslari
Buyurtmali diagnostikalash (Db)
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik diagnostika (Dt)
Buyurtmali diagnostikalash (Db) ishlari avtomobil egasining buyurtmasi asosida, uning
ishtirokida o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu turdagi diagnostikalash ishlari maxsus diagnostika (avtomobillar, ularning agregat, mexanizm va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shug’ullanuvchi) ustaxonasida yoki ixtisoslashtirilgan (boshqarish g’ildiraklarining o’rnatish burchaklarini aniqlash, tormoz tizimini va boshqa tizimlarni diagnostikalash) postlarida o’tkaziladi. Buyurtmali diagnostikalash natijasiga ko’ra aniqlangan nuqsonlar diagnostikalash ustaxonasi (posti)ning o’zida bartaraf etilishi mumkin. Bunday diagnostikalash ishlarini o’tkazish uchun quyidagi diagnostik vositalar bo’lishi kerak: - tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend; - shinalarni muvozanatlash stendi; - boshqarish g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini aniqlash stendi; - amortizatorlar holatini diagnostikalash stendi; - tortish xususiyatini diagnostikalash stendi; - motor-testerlar (ostsillograf yordamida, etalon ostsillogrammalarga taqqoslash usuli bilan o’zgaruvchan tok generatori ishidagi nuqsonlarni, kondensator, o’t oldirish g’altagi birlamchi o’ramining holatini, uzgich kontaktlaridagi tirqish, o’t oldirish chaqmog’idagi teshib o’tuvchi kuchlanish va o’t oldirish g’altagining ish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi). -skanerlar (elektron boshqaruv blokli avtomobillarning motor va boshqa tizimlarini diagnostikalash uchun) va boshqalar. Texnologik diagnostika (Dt) servis kitobchasida ko’zda tutilgan va mijoz buyurtmasiga asoslanib nazorat-sozlash ishlarini va qo’shimcha bajariladigan ishlar hajmini aniqlash uchun texnik servis ustaxonalarida o’tkaziladi. Servis ishlarini bajarishda diagnostik jihozlarni qo’llash ko’pgina nazorat - sozlash ishlarining hajmini kamaytiradi, ularning sifatini oshiradi, ya’ni agregat yoki tizimlarni sababsiz bo’laklarga ajratilmaganligi. SHuning uchun servis ishlari o’tkaziladigan ustaxona va mintaqalar o’ziga tegishli diagnostik vositalar bilan jihozlanishi kerak, ya’ni qotirish ishlarini nazoratlash uchun dinometrik kalit, sozlash ishlari bo’yicha: shchup (tirqishlarni o’lchash uchun); lyuft o’lchagichlar; chizg’ich; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling