Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
5 –rasm. Maxsus diagnostikalash ustaxonasi
Vujudga kelgan nosozliklar (masalan, kuzov yoki boshqa qism elementlarida darzlar, mexanizmni bo’laklarga ajratib, nosoz detallarni almashtirish va boshqalar) bartaraf etilgandan so’ng, ya’na diagnostikalash ishlarini davom etirish uchun avtomobil ilgarigi diagnostika ustaxonasiga yuboriladi Hozirgi vaqtda servis korxonalarida avtomobilning agregat va tizimlari bo’yicha nosozliklarni aniqlashda “komp’yuterli diagnostika” qo’llanilmoqda (6.6-rasm). 6-rasm. Dvigatellarni kompyuterli diagnostikalash Komp’yuterli diagnostikalash bo’yicha zamonoviy avtomobillarning quyidagi agregat va tizimlarining texnik holati aniqlanadi: - dvigatel tizimlari; - elektr va elektron jihozlar; - avtomatik uzatma qutisi; - boshqaruv g’ildiraklarining o’rnatish burchaklari va boshqalar. ASKlarining diagnostik asbob–uskanalar bilan jihozlanishi, uning quvvatiga, turiga va bajaradigan ishlar majmuasiga bog’liq. SHuning uchun universal ASKda diagnostika ustaxonasi har xil modeldagi avtomobillarni ko’zda tutib universal asbob-uskanalar bilan jihozlanishi kerak. Ammo bunday diagnostik asbob-uskunalar qimmat turadi, shuning uchun tez ma’naviy eskirmaydigan turlarini tanlash kerak bo’ladi. Bunga har doim ham erishib bo’lmaydi, chunki diagnostikalash narhini yuqori quyib bo’lmaydi (ayrim rivojlangan davlatlarda bepul diagnostikalash ishlari tavsiya etilmoqda). Demak, diagnostikalash vaqtini qisqartirib, diagnostikalash sonini oshirish kerak. ASKlarga kirgan avtomobillarning nosozliklarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish natijasida: joriy ta’mirlash sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg’i sarfi 2...5% ga kamayadi; avtoshinalarning yuradigan yo’li esa 3...5% ga oshadi hamda ekspluatatsion havfsizligi va ekologik ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling