Avtotransport vositalari servisi asoslari
Nazorat diagnostikasi (Dn)
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish
Nazorat diagnostikasi (Dn) avtomobil, uning agregat va tizimlari bo’yicha bajarilgan servis
ishlari sifatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bajarilgan texnik ta’sir ishlarining sifati, hajmi ASKda mavjud diagnostik jihozlar yordamida tekshiriladi, masalan avtomobilning tormoz tizimi samaradorligi, tortish sifatlari, harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlar, ishlatilgan gazlar tarkibi va boshqa diagnostik parametrlar baholanadi. Lekin diagnostik parametrlar soni iloji boricha chegaralangan bo’lishi kerak. Diagnostik jarayonda tekshiriladigan diagnostik parametrlar, servis ishlari bajarilgandan so’ng avtomobilning agregat yoki tizimini ekspluatatsiyaga “yaroqli” yoki “yaroqsiz”ligi bo’yicha olinadigan ma’lumotga asoslanishi kerak. 3. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish Avtomobillarni hamda ularning agregat va mexanizmlarini buyurtmali diagnostikalash ishlari ASKning maxsus diagnostika ustaxonasida va postlarida chuqurlashtirilgan holda o’tkaziladi. Uning vazifasi avtomobilning tortish sifatlari va iqtisodiy ko’rsatkichlarini nazorat qilish, servis hamda joriy ta’mirlashga bo’lgan ehtiyojini aniqlashdir. SHuning uchun ustaxona kerakli diagnostik vositalari, ya’ni avtomobillarning tortish xususiyatlari, tormoz tizimining samarodorligi, boshqarish g’ildiraklarini joylashish burchagini aniqlovchi jihozlar, dvigatelni diagnostikalash skayneri, motor-tester, farani tekshiruvchi asbob va boshqa diagnostik vositalar hamda ko’targich va siqilgan havo tarqatish tizimi bilan jihozlanishi kerak (6.5-rasm). Ustaxonaning diagnostik majmualari “Texnologik jihozlar va maxsus asboblar ro’yhati”ga binoan ASKning quvvatiga (ishchi postlar soniga) asosan jihozlanadi. Maxsus diagnostika ustaxonasida mayda nosozliklarni bartaraf etishga va ayrim detallarni (maxsus moslamalarsiz) almashtirish mumkin. Bundan tashqari, diagnostik jarayoniga ta’sir etmaydigan texnik ta’sir (normallarni almashtirish, qotirish) amallariga hamda diagnostikani tashkil etish uchun zarur bo’lgan (fara va boshqa tizimlar nazorat lampochkalarini, elektr saqlagichlarni va boshqalarni almashtirish) ishlarini bajarishga ruhsat etiladi. Agar diagnostikalash jarayonida nosozlik aniqlansa va uni bartaraf etish uchun maxsus moslamalar kerak bo’lsa yoki bartaraf etish mehnat hajmi katta (0,5 ishchi-soatdan undan yuqori) bo’lsa, avtomobil kerakli ustaxonaga yuboriladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling