Qabul diagnostikasi (Dq) ishini o’tkazishdan maqsad avtomobil egasining buyurtmasi bo’yicha
“nosoz” deb belgilangan agregatlar va uzellarni tekshirib chiqish hamda xavfsizlikni ta’minlovchi barcha
mexanizmlarni texnik holatini nazorat – ko’rikdan o’tkazish. SHuningdek,
avtomobilning umumiy texnik
holatini belgilovchi agregatlar va tizimlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
Nazorat – ko’rik natijalariga asoslanib, bajariladigan
ishlarning tahminiy hajmi, bajarish muddati, narhi
belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so’ngra buyurtma - naryadi rasmiylashtiriladi.
Qabul qilish postida quyidagi texnologik va diagnostik jihozlar bo’lishi kerak:
- ko’targich;
- gazanalizator;
- yoritish va ogohlantirish anjomlari ishlashini
tekshirish uchun oyna;
- ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish shlangi;
- ko’chma diagnostik vositalar va boshqalar.
Agarda nazorat – ko’rik vaqtida “nozoslik” sabablari aniqlanmasa, avtomobilni
maxsus diagnostka
ustaxonasiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: