Avtotransport vositalarida
Harakat jadvalini tuzish uchun ma’lumotlar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
1.6.2. Harakat jadvalini tuzish uchun ma’lumotlar.
Harakat jadvalini tuzish usullari Avtobuslar harakat jadvalini tuzish ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: — boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorlash va hisoblash; — harakat jadvalini tuzish. Harakat jadvalini tuzishning tayyorlov bosqichida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: — yo‘lovchilar oqimini kunning soatlari va yo‘nalish bo‘laklari bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganib chiqish; — yo‘nalish chizmasi, yo‘nalish uzunligi, bekatlar soni, avtobusning harakatdagi, oraliq va oxirgi bekatlardagi to‘xtash vaqtlari hamda harakat tezligini o‘rganib chiqish; — avtobus turini va kerakli avtobuslar sonini, qatnov, aylanma qatnov vaqtlarini aniqlash va me’yorlash; — ruxsat etilgan eng katta harakat intervalini me’yorlash; — avtobuslar ishini boshlash, tugatish vaqtlarini va punktlarini aniqlash; — nollik yurish masofasi va vaqtini aniqlash; — haydovchilar mehnatini tashkil etish shaklini tanlash; — tushlik va dam olish joylarini aniqlash; 60 — ko‘rilayotgan yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishlarning o‘tishini o‘rganib chiqish; — harakat jadvalini qolgan yo‘nalish jadvallari bilan muvofiqlashtirish masalalarini o‘rganib chiqish. Harakat jadvalini tuzish ko‘p mehnat vaqtini sarflashni va tuzuvchidan yuqori mahoratni talab etadi. Harakat jadvalini tuzishni osonlashtirish uchun bugungi kunda shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanilyapti. Kompyuter kiritilgan boshlang‘ich ma’lumotlar asosida juda qisqa vaqtda nafaqat yo‘nalish bo‘yicha harakat jadvalini, balki ularning barcha turlarini tuzib bosmaga chiqarib beryapti. Bunga misol qilib «Toshshahartransxizmat» Uyushmasining MNX hisoblash markazida ishlab chiqilgan harakat jadvallarini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda yana shuni ham eslatib o‘tish kerakki, harakat jadvalini tuzishda hamma omillar, birinchi galda yo‘lovchilar oqimining taqsimlanish notekisligi to‘liq hisobga olinmayapti, tig‘iz soatlarda qisqartirilgan, tezkor va ekspress marshrutlarni tashkil etish masalalari ham nazardan chetda qolyapti. Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklarni ma’lum darajada harakat jadvalini tuzishning grafo-analitik usuli bartaraf eta oladi. Grafo-analitik usulning mohiyati shundan iboratki, bu usulni qo‘llaganda avtobuslar yo‘nalishga yo‘lovchilar oqimining kunning soatlari bo‘yicha taqsimlanishiga qarab chiqariladi, unda transportning ishi avtobus-soatlarda aniqlanib, har bir avtobusning yo‘nalishdagi vaqti, haydovchilarning ishi va dam olishi amaldagi me’yorlarga mos ravishda belgilanadi. Shu bilan bir paytda, bu usul mavjud avtobuslar soni, harakat intervalining ruxsat etilgan chegara qiymatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Grafo-analitik usulda harakat jadvalini tuzishni misolda ko‘rib chiqaylik: Yo‘nalish uzunligi l y = 19,7 km. Yo‘nalishda ishning boshlanishi T chiq = 500 soat. Yo‘nalishda ishning tugash vaqti T qayt = 2000 soat. Nollik yurish vaqti to 1 = to 2 = 2 daq. 61 Kunning soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining taqsim- lanishi 14-jadvalda keltirilgan. 14-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling