Avtotransport vositalarida
Avtobuslarning harakat jadvali
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7. «Tig‘iz» soatlarda shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida tashishni tashkil åtish va uning xususiyatlari
Avtobuslarning harakat jadvali
Takrorlash uchun savollar: 1. Harakat jadvali qanday hujjat hisoblanadi? 2. Harakat jadvali ishlab chiqilayotganda qaysi omillarga alohida e’tibor beriladi? 3. Harakat jadvali necha turga bo‘linadi? 4. Boshlang‘ich va oxirgi bekatlar uchun tuzilgan harakat jadvalida nimalar qayd qilinadi? 5. Avtobuslar harakat jadvalini tuzish nechta bosqichdan iborat bo‘ladi? 6. Harakat jadvalini tuzishning tayyorlov bosqichida qaysi ishlar amalga oshiriladi? 7. Grafo-analitik usulda harakat jadvali qanday tuziladi? 8. «Maksimum» jadvali qanday tuziladi? ¹ ATK dan chiqish vaqti Nollik ma- sofa Nollik yurish vaqti A B ke- lish ke- tish ke- lish ke- tish ATKga qaytish vaqti Tushlik tanaffus vaqti Avtobus ish vaqti 2 sm 1 sm 1 sm 2 sm Qat- n o v soni 71 1.7. «Tig‘iz» soatlarda shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida tashishni tashkil åtish va uning xususiyatlari Shahar ichi yo‘nalishlarining boshqa yo‘nalishlardan keskin farq qiladigan belgilaridan biri — bu yo‘lovchilar oqimining kunning soatlari va yo‘nalish uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanishi koeffitsiyentining kattaligidir. «Tig‘iz» soatlarda yo‘nalishdagi mavjud avtobuslar sonining zarur bo‘lgan miqdoridan kamligi, avtobuslar sig‘imidan foydalanish koeffitsiyentining birdan ortib ketishi sababli, avtobusga chiqish va tushishda hamda unda harakatlanishda juda ko‘p noqulayliklar tug‘diradi. Ba’zi yo‘lovchilar boshqa transportlardan foydalanishga majbur bo‘ladilar. Agar yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish uchun mavjud bo‘lgan avtobuslar sonining cheklanganligini va «tig‘iz» soatlarda zarur bo‘lgan qo‘shimcha avtobuslarning yo‘qligini hisobga olsak, ko‘rinib turibdiki, yo‘lovchilarga yuqori sifatli transport xizmatini ko‘rsatish uchun harakatni tashkil etishning eng samarali usullarini ishlab chiqish va qo‘llash zarur bo‘ladi. «Tig‘iz» soatlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning ilg‘or usullariga birinchi galda quyidagilarni kiritish mumkin: 1. «Tezkor» harakatni tashkil etish. 2. «Ekspress» harakatni tashkil etish. 3. «Qisqartirilgan» yo‘nalishlarni tashkil etish. 4. Oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini qisqartirish hisobiga tasarruf tezlikni, demak, harakat intervalini kamaytirish va harakat chastotasini oshirish. 5. Kombinatsiyalashgan usulda harakatni tashkil etish. «Tig‘iz» soatlarda harakatni tashkil etishning ba’zi bir usullarini ko‘rib chiqaylik. Misol. Avtobusning sig‘imi q n = 50 yo‘lovchi, oddiy yo‘nalishda aylanma qatnov vaqti t ayl.q = 100 daq., oraliq bekatlarda to‘xtash vaqti t ob = 1 daq. va oxirgi bekatda to‘xtash vaqti t oxb = 5 daq. «Tig‘iz» soatlardagi yo‘lovchilar oqimining maksimal qiymati Q maks = 375 yo‘lovchi/soat bo‘lsin. 1. Oddiy yo‘nalishda yo‘lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobuslar soni va harakat intervali quyidagicha topiladi: 72 maks ayl oddiy y n ( 5) 375 100 12 avtobus 50 60 Q t À q ; ayl y 100 8,3 daq. 12 t I À 2. Tezkor yo‘nalish tashkil etilishi hisobiga oraliqdagi 5 ta bekatda avtobus to‘xtamay o‘tsin. U holda: tezkor y 375 90 11 avtobus 50 60 À ; ayl y 90 8,2 daq. 11 t I À 3. Ekspress yo‘nalish tashkil etilganda: ekspr y 375 80 10 avtobus 50 60 À ; ayl y 80 8 daq. 10 t I À 4. Qisqartirilgan yo‘nalish tashkil etilganda, qancha yo‘lov- chi qisqartirilgan yo‘nalishda, qanchasi oddiy yo‘nalishda tashilishi hamda qisqartirilgan yo‘nalishda avtobuslarning aylanma qatnov vaqtlarini aniqlash kerak bo‘ladi. Masalan, yo‘nalish bo‘yicha bir soatda Q maks = 375 yo‘lov- chi tashilayotgan bo‘lsin, shulardan Q qisq = 255 yo‘lovchi qisqartirilgan yo‘nalishda tashilsin. Oddiy yo‘nalishdagi aylanma qatnov vaqti t ayl.q = 100 daq., qisqartirilgan yo‘nalishda esa t ayl.q = 64 daq. bo‘lsin. U holda oddiy yo‘nalishda kerak bo‘lgan avtobuslar soni: oddiy y 120 100 4 avtobus. 50 60 À Qisqartirilgan yo‘nalishdagi avtobuslar soni: qisq y 255 64 5 avtobus. 50 60 À 73 Hisoblardan ko‘rinib turibdiki, yo‘lovchilarni tashish uchun oddiy yo‘nalishga qaraganda 3 ta kam avtobus zurur bo‘lar ekan. Misolga ko‘ra, «Tig‘iz» soatlarda qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish juda katta samara berar ekan. Lekin bu usulning ba’zi kamchiliklari ham bor. Ularga quyi- dagilarni kiritish mumkin. Harakat intervalining ortib ketishi: a) oddiy yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslarning harakat intervali: oddiy ayl y 100 12,5 daq.; 8 t I À b) qisqartirilgan yo‘nalishdagi harakat intervali: qisq ayl y 64 16 daq. 4 t I À Ko‘rib turganingizdek, qisqartirilgan yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni tashkil etish harakat intervalining oshi- shiga olib kelar ekan. Shaharda tavsiya etilgan harakat interva- lining maksimal qiymati 20 daq. ekanligi hisobga olinsa, shahar ichi yo‘nalishlarida bu usuldan foydalanish mumkin ekan. Oxirgi bekatlardagi to‘xtash vaqtini 3 daqiqaga kamay- tirilganda zarur bo‘lgan avtobuslar soni: oxb y 375 94 10 avtobus. 55 60 À Shunday qilib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan harakatni tashkil etish usullarining barchasi ham ma’lum darajada samara berar ekan. Agar ularning bir paytda kombinatsiyalari qo‘llansa, yanada ko‘proq samaraga erishish mumkin. Masalan, bir paytda tezkor yo‘nalish tashkil etilib va shu paytda oxirgi bekatdagi to‘xtash vaqtini qisqartirish va hokazo. «Tig‘iz» soatlarda harakatni tashkil etishning yana quyidagi usullarini ham amalga joriy etish mumkin: 1. «Tig‘iz» soatga to‘g‘ri kelmagan boshqa yo‘nalishlardan avtobuslarni olib yo‘nalishga berish. 74 2. Zaxirada turgan avtobuslarni yo‘nalishga chiqarish. 3. Ta’mirlashdan chiqqan avtobuslarni yo‘nalishga chi- qarish. 4. Avtobuslarga tirkamalar ulash. 5. Boshqa turdagi yo‘lovchi tashuvchi transportlarning ishini tashkil etish. 6. Yo‘nalish o‘tgan tarmoq yaqinidagi barcha korxona va muassasalarning ish tartibini muvofiqlashtirish. 7. «Tig‘iz» soatlarda avtobuslar uchun alohida harakat bo‘laklarini ajratish. 8. «Tig‘iz» soatlar uchun yo‘nalish chizmasiga alohida o‘zgartirishlar kiritish. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling