Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.8. Tashish uchun haq olishni tashkil etish
Takrorlash uchun savollar:
1. Shahar ichi yo‘nalishlarida tashishlar nimasi bilan boshqa tashishlardan keskin farq qiladi? 2. «Tig‘iz» soat deb qanday soatga aytiladi? 3. «Tig‘iz» soatlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning qanday usullarini qo‘llash mumkin? 4. «Tig‘iz» soatlarda avtobuslar uchun alohida harakat bo‘laklarini ajratish qanday samara beradi? 1.8. Tashish uchun haq olishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilardan undiriladigan tashish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- ni ng 2003- yi l 4- no yabrdagi 482-sonli «O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida»gi qarori va boshqa qonunlar asosida amalga oshiriladi. Shahar yo‘lovchi transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchi transporti to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati organlari (bugungi kunda bu 75 vakolat Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga berilgan) tomonidan yo‘l qo‘yiladigan doirada belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyat ichidagi yo‘nalish- larda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vàzirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘limlari va yoki yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarining taqdimnomalari bo‘yicha). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi (shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komis- siyalarning taqdimnomasi bo‘yicha). Tarif deb yo‘lovchilarni tashish xizmatiga belgilangan bahoga aytiladi. Shaharda yo‘lovchilar tashishda, asosan, yagona tarifdan foydalanib kelinyapti, har bir yo‘lovchi qancha masofa yurishiga emas, balki transportdan foydalanganlik soniga qarab haq to‘laydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli «O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida»gi qarorining ikkinchi paragrafiga ko‘ra yo‘lovchilar yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan ham to‘lashlari mumkin. Shuningdek, qarorda yo‘lovchi o‘zi bilan olib ketayotgan bitta o‘rin bagaj o‘lchami 60 40 20 sm dan va og‘irligi 20 kg dan oshganda tarif asosida qo‘shimcha haq olinishi ham belgi- langan. Shahar atrofiga qatnaydigan va shaharlararo (viloyat ichidagi) avtobus yo‘nalishlarida tariflar bir yo‘lovchi-kilo- metr tannarxi asosida avtobus saroyining keyingi rivojlanishini ko‘zda tutib tuziladi va viloyat hokimligi tomonidan, sha- harlararo viloyatdan tashqaridagi tashishlarda esa O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiq- lanadi. 76 Avtobuslarda yo‘lovchilar buyurtma asosida tashilganida tashish uchun haq soatbay tarif asosida olinadi. Bunda tashilgan yo‘lovchilar soniga qarab emas, avtobusdan buyurtmachi necha soat foydalanganligiga qarab haq to‘laydi. O‘zbekiston Respublikasi aholisini bozor sharoitiga o‘tish davrida ijtimoiy himoya qilish maqsadida aholining ma’lum toifasini tashishlarda ularga imtiyozlar beriladi, ya’ni bunday hollarda imtiyozli tarif qo‘llaniladi. O‘rnatilgan tariflar yo‘lovchilarni tashish xarajatlarini qoplashi kerak. Tashish tannarxi harakatlanuvchi tarkibning yo‘lovchilarni tashish davomida sarf qiladigan xarajatlardan tashkil topadi. Shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashish uchun olinadigan haq tashilgan yo‘lovchilar sonini o‘r- natilgan yagona tarifga ko‘paytirilib hisoblanadi. Shahar atrofiga qatnaydigan va shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida tashish haqi bajarilgan yo‘lovchi-kilometrni yo‘nalishda foyda- laniladigan avtobus turlarini hisobga olib o‘rnatilgan tarifga ko‘paytirib hisoblanadi. Shahar yo‘nalishlaridagi avtobuslarda tashishdan olinadigan daromad quyidagi formula bilan hisob- lanadi: 1yo‘l . Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling