Avtotransport vositalarida
Shahardan tashqarida tashishda yo‘lovchilar oqimini o‘r-
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtobus turini tanlash.
Shahardan tashqarida tashishda yo‘lovchilar oqimini o‘r-
ganish. Shahardan tashqaridagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimini o‘rganish sotilgan chiðta, so‘rovnoma, jadval va ko‘z bilan kuzatish usullaridan foydalanilib amalga oshiriladi. Chiðta usulida chiðtalar sotilgan joylar qayd qilib borilsa, butun reys davomida, demak, yo‘nalishda qancha yo‘lovchi va qanday masofaga, qaysi vaqtda tashilgani oson aniqlanadi. So‘rovnoma usulida yo‘lovchilar oqimi tarqatilgan so‘rov- nomalarni tahlil qilish natijasidan aniqlanadi. So‘rovnomalar yo‘lovchilarga shohbekatlarda va boshbekatlarda tarqatiladi. Jadval usulida haydovchilar yoki so‘rovda qatnashayotgan maxsus hisobchilar tomonidan ma’lumotlar jadvalga to‘ldiriladi. So‘ngra ma’lumotlar tahlil qilinadi. Ko‘z bilan kuzatish usulida yo‘nalish bo‘yicha nazorat bekatlaridagi so‘rovda qatnashayotgan maxsus hisobchilar tomonidan yo‘lovchi oqimi o‘rganiladi. Ma’lumotlar har bir reysga to‘planadi va jadvalga qayd qilinadi. Ushbu uslubda yozgi va qishki mavsumlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar to‘planadi. 84 Avtobus turini tanlash. Avtobus turini to‘g‘ri tanlash aholiga transport xizmatini ko‘rsatish va avtobusdan foydalanish samaradorligiga katta ta’sir etish bilan bir paytda, harakat xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Avtobuslardan to‘g‘ri foydalanish natijasida transport xarajatlarining kamayishiga erishiladi. Ushbu holat tanlangan avtobus turi va sig‘imi yo‘lovchi oqimi tavsifi va quvvatiga mos kelgandagina yaqqol seziladi. Sig‘imi katta avtobuslarni kichik yo‘lovchi oqimiga ega bo‘lgan yo‘nalishlarda ishlatish maqsadga muvofiq kelmaydi: harakat intervalining o‘sishi yo‘lovchilarning bekatlarda kutish vaqtini va transport xarajatlarini ko‘paytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, transport xizmati bozorida avtobuslarga bo‘lgan talab- ning kamayib ketishiga olib keladi. Kichik avtobuslardan yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda foydalanilganda harakat intervali kamayadi. Ammo yo‘lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobuslar sonining ortishi, o‘z navbatida, yo‘nalishda harakat xavfsizli- gining pasayishiga olib keladi. Masalan, yo‘lning xavfli bo‘laklari soni ikkita bo‘lsa, avtobuslar soni ikki marta ortganda xavfli bo‘lakdan o‘tish soni ham ikki marta ortadi. Agar zarur bo‘lgan haydovchilarning ham ortishini hisobga olsak, bu muammo yanada oydinlashadi. Avtobuslar sonining ortishi ko‘cha va yo‘llarning transport vositalari bilan bandligi va atrof- muhit ifloslanishining ham ortishiga, tashish tannarxining esa o‘sishiga olib keladi. Shunday qilib, yo‘nalishlarda avtobus turi va sig‘imini to‘g‘ri tanlab ishlatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Avtobuslar sig‘imi yo‘lovchilar oqimining quvvatiga va tashish turiga qarab aniqlanadi. Shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarning turib ketishiga ruxsat berilgani uchun avtobuslarni tanlashda turib ketadigan yo‘lovchilar soni ham hisobga olinadi. Yo‘lovchilar bilan to‘ldirish me’yorida texnik ishlatish talablari bo‘yicha avtobus salonining o‘rindiqlari bilan band qilinmagan 1 m 2 maydoniga 4 ta yo‘lovchi, tig‘iz soatlarda 8 ta yo‘lovchi to‘g‘ri kelishi ko‘rsatiladi. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida o‘rta va katta sig‘imli avtobuslardan foydalaniladi. Maqsadga muvofiq bo‘lgan avtobus turi tanlanganida kam xarajat sarflanib, aholiga yuqori saviyada transport xizmati ko‘rsatiladi. Ushbu holat avtobus turi va 85 sig‘imi, yo‘lovchi oqimi miqdoriga va xarakteriga, tashish sharoitiga to‘g‘ri kelgandagina kuzatiladi. Yuqori tezlikda harakat qila oladigan avtobuslardan faqat yuqori tezlikda xavfsiz harakatni ta’minlaydigan yo‘l mavjud bo‘lgandagina foydalanish maqsadga muvofiqdir. Avtobus sig‘imini tanlaganda yo‘lovchi oqimi va uning yo‘nalishi bo‘yicha taqsimlanishi hal qiluvchi xususiyat hisoblanadi. Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus sig‘imini tanlash uchun tashish qulayligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va tashish tannarxi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, xalqaro yo‘nalishlarda ham qatnov vaqti 2 soatdan kam bo‘lsa, yo‘lov- chilarning turib ketishiga ruxsat beriladi, ammo shu bilan birga, bu avtobuslarda albatta bagaj bo‘limi bo‘lishi shartligi ta’kidlanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling