Avtotransport vositalarida


 To‘g‘ri va aralash tashishni


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

1.9.5. To‘g‘ri va aralash tashishni
tashkil etish
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘nalish uzunligiga
qarab yo‘lovchilarni tashish har xil usulda tashkil etilishi
mumkin:
— yo‘nalishning boshidan oxirigacha bitta avtobusda
yo‘lovchilarni tashish;
— yo‘nalishning ma’lum bir bo‘laklarida avtobus turini
almashtirish;
— yo‘nalishning bo‘laklarida har xil transport turidan
foydalanish.
Yo‘nalishning boshidan oxirigacha yo‘lovchilar bitta
avtobusning o‘zida tashilganida faqat avtobusning haydovchisi
almashib galma-galdan ishlaydilar.
Ikkinchi usulda yo‘lovchilar tashilganida yo‘nalishning
ma’lum bir bekatida yo‘lovchilar bir avtobusdan tushib
boshqasiga o‘tiradilar. Birinchi avtobus shu bekatda qarama-
qarshi tarafdan kelayotgan yo‘lovchilarni olib orqaga qay-
tadi.
Uchinchi usul aralash usul deb ataladi va unda avtomobil
transportidan tashqari havo, suv yoki temiryo‘l transporti ham
tashishlarda ishtirok etadi.


92
Ikkinchi va uchinchi usuldan foydalanilayotganda ma’lum
bir ishlar avvaldan hal etilishi kerak bo‘ladi. Masalan, chiðta
sotish va chiðta ko‘rinishi masalasi. Masalan, avtobusga alohida,
boshqa transportga alohida chiðta sotilishi yoki yagona chiðta
turini qo‘llash mumkin. Transportdagi o‘rinlarni avvaldan band
qilish masalalari, transport ishini muvofiqlashtirish, tarif ma-
salalari va boshqalar. Bu masalalar tegishli transport bosh-
qarmalari bilan o‘zaro kelishuv orqali hal etiladi.
Ikkinchi va uchinchi usullarning afzalliklari shundan
iboratki, bu usullar qo‘llanilganida yo‘lovchilarni o‘z manzil-
lariga yetkazish vaqti va ularga transport xizmatini ko‘rsatish
sifati ortadi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Shahar atrofi yo‘nalishlari shahar ichi yo‘nalishlaridagi
tashishlardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
2. Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi bekatlar qanday jihozlangan
bo‘lishi kerak?
3. Shahar atrofi yo‘nalishlarida avtobuslarda tashish hajmi qanday
aniqlanadi?
4. Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini ochish (yopish) tartibi
qaysi hujjat asosida amalga oshiriladi?
5. Shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimi qaysi usullar
yordamida aniqlanadi?
6. Xalqaro yo‘nalishlarda turib ketishga ruxsat etiladimi?
7. Avtobuslarning harakat intervali qanday aniqlanadi?
8. Qanday tashishlar xalqaro tashish deb ataladi?
9. Avtobuslarda xalqaro tashishlar qanday turlarga bo‘linadi?
10. To‘g‘ri va aralash tashishni tashkil etish deganda qanday
tashishlar tushuniladi?

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling