Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish
Takrorlash uchun savollar:
1. Avtomobilning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 2. Avtomobilning ishga chiqish koeffitsiyenti qanday topiladi? 3. Yengil avtomobil-taksining kunlik bosib o‘tgan masofasi qanday topiladi? 4. Taksining ishda bo‘lish vaqti qanday topiladi? 5. Daromad qanday hisoblanadi? 6. Tashilgan yo‘lovchilar hajmi qanday aniqlanadi? 2.4. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish Yo‘lovchi tashuvchi avtokorxonalar davlat tasarrufida bo‘lgan davrlarda yo‘nalishli taksilar, asosan, yo‘lovchilar oqimi kichik bo‘lgan yo‘nalishlarda avtobuslardan foydalanish samarasiz bo‘lgani uchun qo‘llanilar va ularda tashilgan yo‘lovchilar miqdori 1% ni ham tashkil etmas edi. U paytlarda yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilarni tashish, asosan, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashkil qilinib, bugungi kunda yo‘nalishli taksilardan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda ham keng foydalanilyapti. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy yo‘lovchi tashuvchilar sonining ortib ketishi shunga olib keldiki, yo‘nalishli taksilar yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan yo‘nalishlarda ham keng qo‘llanilib, avtobuslarni siqib chiqaryapti. Yo‘nalish tarmog‘ining uzunligi avtobus yo‘nalishlarida 2394 km bo‘lgan bir paytda, bu ko‘rsatkich yo‘nalishli taksilarda 3909 km ni tashkil etar ekan. Shahar yo‘lovchi transportida yo‘nalishlarning va mavjud qatnovlar jadvali miqdorining taqsimlanish diagrammasi 14-rasmda aks ettirilgan. 110 Yo‘nalishli taksilarning avtobuslarni siqib chiqarishi ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqyapti. Katta tezlik, yuqori darajadagi shinamlik, yo‘lovchilarning talabi bo‘yicha istalgan joyda to‘xtay olishi aholi o‘rtasida yo‘nalishli taksilarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi. Yana shuni eslatib o‘tish joizki, bugungi kunda Gazel, Ford, Mersedes Benz kabi mo‘jaz avtobuslar bilan bir qatorda, «Otoyo‘l» va «ISUZU» rusumli avtobuslar ham yo‘nalishli taksi sifatida qo‘llanilyapti. Bu avtobuslarda yo‘l haqining boshqa avtobuslarga nisbatan deyarli kam farq qilishi ularga bo‘lgan talabni yanada oshiryapti. Yo‘nalishli taksilar harakatini tashkil qilish uchun yo‘lov- chilar oqimini o‘rganish, yo‘nalishni tanlash, harakat intervalini aniqlash, kerakli bo‘lgan ish tartibini belgilash, harakat tezligini me’yorlash va harakat jadvalini tuzish kerak bo‘ladi. Buning uchun tender e’lon qilinganidan keyin, har bir tenderda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tashuvchi berilgan bosh- lang‘ich ma’lumotlar asosida kerakli avtomobillar sonini, tig‘iz vaqtlardagi harakat intervalini aniqlaydi va ular asosida harakat jadvalini ishlab chiqadi. So‘ngra bu ma’lumotlar tender hujjatlari paketiga solinib tender komissiyasiga havola etiladi. 14-rasm. Shahar yo‘lovchi transpori xizmat ko‘rsatayotgan yo‘nalishlarning mulkchilik shakllariga ko‘ra taqsimlanishi. Yo‘nalish soni Avtobus yo‘nalishlari Yo‘nalishli taksilar «Toshshahartransxizmat» uyushmasi Xususiy tashuvchi 180 160 140 120 100 80 60 40 20 0 168 165 130 38 158 7 111 Yo‘nalishdagi taksilarda yo‘lovchilar oqimi so‘rovnoma, talon, ko‘z bilan kuzatish va so‘roq uslublarida aniqlanish usullari avvalgi bo‘limlarda to‘liq bayon etilgan. Bu yerda faqat shuni eslatib o‘tish joizki, so‘roq uslubida maxsus hisobchi xodim bekatlarda taksiga chiqayotgan va tushayotgan yo‘lovchilardan so‘rab maxsus jadvalga yozib boradi. Yo‘nalishli taksilar sonini aniqlashda avtobuslar sonini aniqlashda foydalanilgan formulalardan foydalaniladi. Kelgusida zarur bo‘ladigan taksilar soni esa marketing tadqiqotlari natijasida aniqlanishi mumkin. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling