Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Nozim nazorat chiqarish punkti navbatchi mexanigi bilan birgalikda
nimani aniqlaydi?
2. Avtosaroy navbatchi nozimi muntazam ravishda kimga
avtobuslarning safarga chiqarilish haqidagi ma’lumotni beradi?
3.6. Yo‘l va hisob-chiðta varaqasi, ularni qayta ishlash
Yo‘l varaqasi — avtomobil transporti vositasini jo‘natish va
uning ishini hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik
hujjat bo‘lib, avtomobil va haydovchi joylashish joyidan chiqqan
paytdan boshlab qaytishigacha ularning ishini har tomonlama
tavsiflab beradi.
Yo‘l varaqalari rekvizitlarini to‘ldirish tashkiliy huquqiy shakl-
laridan qat’i nazar, barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Yo‘nalishda ishlaydigan avtobuslar va yo‘nalishli taksilar
uchun, bundan tashqari, hisob-chiðta varaqasining bo‘lishi ham
shart hisoblanadi.
Buyurtma bo‘yicha soatbay ishlayotgan avtobuslarda naryad
soat varaqasidan foydalaniladi.
Yo‘l varaqalari va hisob-chiðta varaqalari tashish turiga (shahar
ichi, shahar atrofi va hokazo) qarab bir-biridan farq qiladi.
Yo‘l varaqalari va hisob-chiðta varaqalari qat’iy raqamga ega
bo‘lib, korxonaning buxgalteriyasi tomonidan tasarruf bo‘limi-
ning boshlig‘iga yoki boshqa mas’ul shaxsga (katta nozim va
hokazo) ularning talabiga qarab beriladi.


129
Yo‘l varaqalari va hisob-chiðta varaqalarining to‘g‘ri to‘ldi-
rilishiga tashuvchilarning rahbarlari va to‘ldirishda ishtirok etuvchi
shaxslar javob beradilar.
Yo‘l varaqalari va hisob-chiðta varaqalarini to‘ldirganda unga
o‘zgartirishlar kiritish yoki to‘g‘rilash man etiladi.
Yo‘l varaqalari haydovchiga berishdan avval tasarruf xizmati
bo‘limida to‘ldirilib, unda korxona nomi, oy, yil, transport
vositasining davlat va garaj raqami, haydovchining ismi-sharifi,
haydovchilik guvohnomasining raqami va tabel raqami ko‘rsatiladi.
Navbatchi nozim haydovchining ishga kelgan vaqtini belgilab,
unga yo‘l varaqasini topshirgandan keyin haydovchi reys oldi
tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shifokor tomonidan belgi qo‘yiladi.
Avtobusning amaldagi ishga chiqqan va ishdan qaytgan
vaqtlari, uning texnik holati navbatchi mexanik tomonidan
belgilanadi.
Haydovchi ham avtobusni garajda qabul qilib olgani haqida
yo‘l varaqasiga belgi qo‘yadi.
Avtobusning yoqilg‘i bilan ta’minlanganligi yoqilg‘i quyuvchi
tomonidan yo‘l varaqasiga belgilanadi (yoqilg‘i sarfining hisobi
yoqilg‘i sarfi bo‘yicha nozim tomonidan amalga oshiriladi).
Yo‘l varaqasiga huddi shunday avtobusning boshbekatga
kelgan va undan ishning oxirida ketgan haqiqiy vaqtlari yo‘nalish
nozimi (avtovokzal nozimi) tomonidan alohida belgilanadi.
Bulardan tashqari, avtobusning reysdan oldin qaytib kelishi,
garajdan kechikib chiqish sabablari, yo‘nalishda avtobus ishining
tekshirilganligi (agar tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa) ham alohida
ko‘rsatiladi.
Hisob-chiðta varaqasini to‘ldirishda yo‘nalish nozimi, chiðta
g‘aznachisi va daromad bo‘yicha g‘aznachilar ishtirok etadilar.
Bugungi kunda yo‘l varaqalarini va hisob-chiðta varaqalarini
to‘ldirish O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti
agentligi ishlab chiqqan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan
yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling