Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari
Takrorlash uchun savollar:
1. Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi qanday vazifani bajaradi? 2. Nozimlashtirish nima? 3. Nozimlik xizmati nimalarni o‘z ichiga oladi? 4. Yo‘lovchi avtomobil transportida nozimlik boshqaruvi qanday tamoyillar asosida amalga oshiriladi? 5. Avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi qanday turlarga ajratiladi? 6. Yo‘lovchilar tashuvchi avtokorxona katta nozimining lavozim yo‘riqnomasida nimalar ta’kidlangan? 7. Yo‘lovchilar tashuvchi avtokorxona navbatchi nozimining lavozim yo‘riqnomasida nimalar ta’kidlangan? 6. Yo‘nalish nozimligi bajarishi kerak bo‘lgan ishlar nima- lardan iborat? 3.2. Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari Hozirgi vaqtda Toshkent shahrining barcha yo‘nalishlarida qatnovni boshqarish «Transport xizmatlarining sifatini nazorat qilish boshqarmasi» tomonidan amalga oshiriladi. Unga yo‘nalish pirovard punktlarining barcha tarmoq dispetcherlari, qatnovlar bo‘limi mutaxassislari, Markaziy dispetcherlik xizmati dispet- cherlari kiradi. 120 Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari va tarkibiy qismlari 18 va 19-rasmlarda keltirilgan. Markaziy nozimlik xizmatining asosiy vazifalari ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1. Harakatni tashkil etish. 2. Harakatni boshqarish. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, markaziy nozimlik xizmati tashkil etilganda, harakat muntazamligi muqobillashadi, avto- mobillarning ish unumdorligi ortadi. Markaziy nozimlik xizmati bugungi kunda faqat eng yirik shaharlardan biri bo‘lgan Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uning keng qo‘llanilayotganligi obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog‘liqdir. Obyektiv sabablar kichik shaharlarda avtobuslar yo‘nalish tarmog‘ining rivojlanmaganligi, bugungi kunda umumfoydala- nishdagi transport vositalarini xususiy tashuvchilar siqib chiqa- rayotganligi (erkin raqobat natijasi) bo‘lsa, subyektiv sabablar mahalliy hokimiyatlarda transport uyushmalari markaziy nozimlik xizmatini vaziyatdan kelib chiqqan holda tashkil eta olmayot- ganligidir. 19-rasm. Nozimlik boshqarish texnologiyasining tarkibiy qismlari. 18-rasm. Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari. Nozimlik boshqaruvi Avtobuslarning harakati muntazamligi Avtobuslarning o‘z vaqtida safarga chiqarilishi Avtobusning bir tekisda to‘lishi Nozimlik rahbarligi texnologiyasi Ma’lumot Nazorat Boshqarish 121 Markaziy nozimlik boshqaruvi tizimini tashkil qilish, uni ishchi-xizmatchilar, aloqa vositalari bilan ta’minlash anchagina katta mablag‘larni sarf etishni taqozo etadi. Shuning uchun ko‘pgina viloyatlar avtosaroylar yo‘nalishlarida nozimlik punkt- larini tashkil qilib, avtobuslar harakatini markazlashmagan usulda boshqaryaptilar. Bu esa avtobuslar harakatini nazorat qilish sifatini pasaytiradi. Markaziy nozimlik tizimining tarkibi shahardagi avtobus saroylari va undagi transport vositasining soniga, aholi va tashilayotgan yo‘lovchilar hamda yo‘nalishlar soniga bog‘liq bo‘lib, harakat chastotasidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Markaziy nozimlik xizmati o‘z faoliyati davrida avtobuslar harakatining muntazamligini, avtobuslarning saroydan o‘z vaqtida ishga chiqishini, butun ish vaqti davomida avtobus sig‘imining bir tekis to‘lishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Yo‘nalishda harakatni tashkil etish va boshqarish uchun MNX ma’lum bir texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bugungi kunda «Toshshahartransxizmat» Uyushmasi MNX eng zamonaviy kompyuterlar, aloqa vositalari va xizmat avto- mobillari bilan ta’minlangan. MNX har bir yo‘nalish uchun sig‘imli avtobusni qo‘llab, ularning soni va harakat jadvalini kompyuter yordamida maxsus mashina dasturlari asosida ishlab chiqib, har bir avtokorxonaga tarqatadi. MNXga bir guruh muhandislar va texniklar yo‘nalish no- zimlaridan aloqa vositalari yordamida ma’lumotlarni oladilar, harakatni boshqarish uchun uzluksiz ravishda farmoyishlar ishlab chiqadilar va uni amalga oshiradilar. Bulardan ko‘rinib turibdiki, faqat texnik aloqa vositalari mavjud bo‘lganidagina nozimlik xizmati yuqori darajada faoliyat ko‘rsatishi mumkin ekan. Aloqaning texnik vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin: — simli shahar telefon tarmog‘i; — ichki telefon tarmog‘i; — induktiv aloqa vositalari (yo‘nalishlardagi nazorat punkt- lari bilan aloqa qilish); — radiotelefon aloqasi; — uyali telefon aloqasi; 122 — GPRS-modem orqali; — kompyuter orqali; — sanoat televizion qurilmalar. Nozimlik xizmatining kompyuterlar bilan ta’minlanganligi yo‘lovchilarni tashishda «Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari»ni, xususan, «Vaziyatga ko‘ra boshqaruv texnologiyasi»ni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu esa ko‘p vaqt sarflanishini taqozo etadigan hisob ishlarini kompyuterlarda bajarishga, qabul qilingan yechimlarning samaradorligini oshirishga, shaxsiy tarkib soni- ning kamayishiga olib keladi. Nozimlik xizmati o‘z faoliyatida bir qancha hujjatlarni to‘ldirishi va tahlil qilishi, olingan natijalar asosida avtobuslar harakatini boshqarish bo‘yicha yechimlar qabul qilishi mumkin. Bunday hujjatlar va ularni to‘g‘ri to‘ldirish uchun yo‘riq- nomalar ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir nozimlikka nomzod uni bilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak. «Toshshahartransxizmat» Uyushmasining xo‘jalik hisobidagi markaziy nozimlik xizmati yo‘nalish nozimlari uchun boshqaruv hujjatlarini 1997-yilda, o‘quv qo‘llanmasini esa uyushmalarning transport xizmati bajarilishining sifatini nazorat qilish va muvo- fiqlashtirish boshqarmasi 2002-yilda ishlab chiqqan va hozirda ularga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, amaliy dastur sifatida qo‘llanilib kelinyapti. Boshqaruv hujjatlari besh qismdan iborat bo‘lib, ularda quyidagilar bayon etilgan: 1-qism. Yo‘nalish nozimlarining lavozim vazifalari. Bu qismda umumiy holatlar, nozimlarning majburiyatlari, javobgarligi va huquqlari bayon etilgan. 2-qism. Bu qismda shahar yo‘lovchi transporti harakati muntazamligining hisobni olib borish va nozimlik qaydnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma bayon etilgan. 3-qism. Yo‘nalish nozimlari uchun chiðta-hisob varaqasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma bayon etilgan. 4-qism. Yo‘nalishlardagi transport vositasining kunning soatlari bo‘yicha miqdorini aniqlash tartibi bo‘yicha yo‘riqno- malar berilgan. 5-qism. Yo‘nalish nozimligi lavozimiga ishga olish va MNX bilan mehnat shartnomasini tuzish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga qaratilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling