Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Har kuni ish tugaganidan keyin nozimlar nima tayyorlay-
dilar?
2. Nozimlarning kundalik hisobotini tahlil qilish natijasida
nimalar aniqlanadi?
3. Chiðta-hisob varaqasini tahlil qilish natijasida nimalar
aniqlanadi?
3.10. Taksilarda tashishning nozimlik boshqaruvi
Yengil avtomobil-taksilar davlat tasarrufida bo‘lgan davrlarda
ularda tashishning nozimlik boshqaruvi juda yaxshi tashkil etilgan
edi. Taksomotor saroylari hisobida bir necha yuz, hatto mingdan
ortiq transport vositalari mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda ham
aholiga minglab avtomobillar xizmat ko‘rsatyapti. Ammo, ular-
ning asosiy qismi xususiy avtomobillar bo‘lgani sababli taksilarda
tashishning nozimlik boshqaruvi butunlay o‘zgarib ketdi. Bugungi
kunda ilgaridagidek, maxsus taksilarning to‘xtash joylari mavjud
emas. Taksilar, asosan, haydovchilarning tashabbusi bilan to‘xtash
joylarini tanlayaptilar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, taksilarning
to‘xtash joylari rejalashtirilmaganligi sababli haydovchilar hara-
kat xavfsizligi masalalarini ikkinchi darajaga qo‘yib, to‘xtash
taqiqlanadigan joylarda to‘xtab turib, yo‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatmoqdalar. Taksilarga buyurtma berish va ularni bajarish
masalalari ham tarqoq holda amalga oshirilyapti. MNX, asosan,
buyurtmalarni qabul qilish va uni bajarish bilan shug‘ullanyapti.


135
Bulardan ko‘rinib turibdiki, taksilarda tashishning nozimlik
boshqaruvi zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalardan
biridir. Buning uchun yengil avtomobil-taksilar harakatini
samarali boshqarish bir markazdan amalga oshirilishini qaytadan
tashkil etish kerak.
Nozimlik boshqaruvi tizimini ishlab chiqish va kiritish
avtomobil-taksilardan foydalanish samaradorligini oshiradi va
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi (20-rasm).
Yengil avtomobil-taksilar harakatining nozimlik tizimi
markazlashgan tamoyil bo‘yicha boshqarilishini qayta tiklash eng
dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolyapti.
Nozimlik boshqaruvi tizimi boshqarish va nozimlik aloqa-
sining texnik vositalari bilan jihozlanganda maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Nozimlik xizmati tarkibi tanlanganda va boshqarishning
namunaviy jarayonlari kiritilganda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
Taksomotor transporti nozimlik xizmati tizimining kiritilishi
quyidagilarni hal qilish imkonini yaratadi:
— avtomobil-taksilarni shoshilinch va oldindan berilgan
buyurtmalar bo‘yicha mijozga tezkorlik bilan eng yaqin masofada
yetkazib berish;
20-rasm. Taksomotor saroyi markaziy bosh-
bekatining tarkibiy sxemasi.



 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling