Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslar harakatiga
nozimlik boshqaruvi qanday tamoyillarga asoslanadi?
2. Shahardan tashqarida avtobuslar harakatiga nozimlik boshqaruvining
asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
3.8. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda
nozimlik boshqaruvi
Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus harakatiga rahbarlik qilish
faqat viloyat ichidagi shoxbekatlar nozimlari orqali amalga oshi-
riladi.
Viloyatlararo va shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus haraka-
tini boshqarish yo‘nalishning uchastkalari bo‘yicha alohida-
alohida amalga oshiriladi.
Shaharlararo yo‘nalishning har bir viloyat hududidan o‘ta-
digan qismi bir uchastka hisoblanadi.
Shaharlararo avtobus aloqalarida harakatni nazorat qilish
shahar yo‘nalishlaridagidan farq qilib, yo‘nalishdagi har bir
avtobus to‘xtash bekatlarida amalga oshiriladi.
Shaharlararo yo‘nalishlardagi nozimlik xizmati tizimi quyi-
dagilarni ta’minlashi kerak:
— butun yo‘nalish masofasida haydovchilarning harakat
jadvaliga rioya qilishini va har bir oraliq bekatga o‘z vaqtida kelib-
ketishini nazorat qilishni;
— avtobus harakati jadvaldagidan farq qilganda harakatni
sozlashni;
— tashishga talab oshgan yo‘nalish uchastkalarida avtobus
harakatini jadallashtirishni;
— har bir yo‘nalish bo‘yicha oldindan va shu vaqtning o‘zida
chiðtalarning sotilishi haqida tezkor ma’lumotlar olinishini
ta’minlash.


132
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida harakatni boshqarish
uchun nozimlik xizmati yetarli texnik aloqa vositalari bilan
jihozlanishi kerak. Shaharlararo telefon aloqasi, teletayp va
telegraf aloqasi, o‘ziga tegishli bo‘lgan bevosita shaharlararo
telefon aloqasi, radiotelefon, uyali telefon, GPS aloqasi, elek-
tron pochta kabilar nozimlik aloqa vositalari hisoblanadi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida harakat muntazamligini
oshirish bosh va shoxbekatlarda shtamp soat o‘rnatilishi orqali
amalga oshiriladi.
Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobus harakati jadvalda ko‘rsa-
tilganidan 5 daqiqadan ortiq farq qilmagan holatiga muntazam
harakat deyiladi.
Quyidagi ma’lumotlar asosida shaharlararo yo‘nalishlarda
nozimlik boshqaruvi amalga oshiriladi:
— avtobusning reysga jo‘nash vaqti;
— oraliq, to‘xtash bekatlaridan o‘tgan vaqti;
— yo‘nalishlarning oxirgi bekatiga avtobusning kelgan vaqti;
— har bir reysda avtobusdagi bo‘sh o‘rinlarning soni;
— yo‘nalishning har ikkala tomoni bo‘yicha oldindan sotilgan
chiðtalar soni;
— yo‘nalishlarda qatnayotgan avtobuslardagi bo‘sh o‘rinlar
soni va boshqalar;
— avtobuslar reysga jo‘nagandan 5—15 daqiqa o‘tgandan
keyin ma’lumotlar barcha shox va boshbekatlarga yetkaziladi va
nozimning kunlik hisobotida qayd qilinadi.
Xalqaro avtobus yo‘nalishlari nozimlik xizmatida chegara
boshbekatlarini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Chegaradagi
boshbekatlar zamonaviy texnik nozimlik xizmati aloqa vositalari
bilan jihozlanadi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling