Avtotransport vositalarida
Taksomotor saroyining markaziy
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nozimlik xizmatini tashkil etish tartibi.
Taksomotor saroyining markaziy
nozirlik boshbekati Katta nozim Avtobus taksilarni safarga chiqarish nozimi Smena katta nozimi Bajarilgan harakatlarning tahlili bo‘yicha nozim Buyurtmalarni bajaruvchi nozim Buyurtmalarni qabul qiluvchi nozim Yo‘lovchi Radiotelefon qurilmalari o‘rnatilgan taksi haydovchilari Telefonlashtirilgan bekatlardagi taksi haydovchilari 136 — pul to‘lanmaydigan masofani kamaytirish va pul to‘lana- digan masofadan foydalanish koeffitsiyentini oshirish; — avtomobil-taksilarning yo‘lovchilarni bekatlarda kutib turish vaqtini kamaytirish; — avtomobil-taksilarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifa- tini oshirish; — texnik sabablarga ko‘ra avtomobil-taksilarning to‘xtab turish vaqtlarini kamaytirish. Nozimlik xizmatini tashkil etish tartibi. Nozimlik xizmatining tarkibi mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, shahardagi taksomotorlarda tashuvchi xususiy korxona- larning soni, safarga chiqadigan avtomobil-taksilar soni, bajarila- digan buyurtmalar soni va ularning kun soatlari davomida taqsimlanishini hisobga olgan holda belgilanadi. Yengil avtomobil-taksilarni safarga chiqarishga tayyorlash va chiqarish. Safarga chiqarish grafigiga asosan avtomobil-taksilarni o‘z vaqtida va to‘liq chiqarish xususiy korxona tasarruf xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Xususiy korxona nozimi quyidagi vazifalarni bajaradi: — avtomobil-taksini safarga chiqarish va hujjatlarini tayyor- lash; — avtomobil-taksilarni safarga chiqarishni tashkil qilish va ularning o‘z vaqtida chiqishini ta’minlash. Avtomobil-taksilarga markazlashgan holda buyurtma qabul qilish va bajarish xususiy korxonadagi nozim yoki haydovchidagi uyali telefon orqali amalga oshiriladi. Oldindan berilgan buyurtmalar doimiy yoki bir martalik buyurtmalardan iborat bo‘ladi. Shoshilinch buyurtmalar mijozga yaqin masofadagi bo‘sh bo‘lgan taksilarni (1—2 km dan ortiq emas) 10—15 daqiqa ichida jo‘natish bilan bajariladi. Oldindan berilgan buyurtmalar mijoz belgilagan vaqtda bajarilishi ta’minlanadi. Avtomobil-taksilarga buyurtmalarni qabul qilish nozimi quyidagi ma’lumotlarni mijozdan oladi: — buyurtmani qabul qilish vaqtini; — mijoz talabi bo‘yicha avtomobil-taksi rusumini; — taksini mijozga jo‘natish vaqtini va mijozning manzilgohini; — mijozning ism va familiyasini; — mijoz telefonining raqamini; 137 — buyurtmani qabul qiluvchi nozimning raqamini. Qabul qilingan buyurtmalarni ijro qilish uchun buyurtma- larni bajaruvchi nozim buyurtmalarni shahar hududi bo‘yicha saralaydi. Shundan keyin taksi haydovchilariga uyali telefon aloqasi yordamida buyurtmani bajarishga topshiriq beradi. Nozim oldindan berilgan buyurtmalarni kun soatlari bo‘yicha ajratadi. Buyurtmalarni bajarishga 15—20 daqiqa oldin topshiriq beriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling